712
tashqi faoliyatida mustaqil subyektlarni tashkil qiluvchi
davlatlar sonining keskin
ko‘payishi hamda dunyo mamlakatlari ichida ro‘y beradigan o‘zgarishlar muhim
o‘rin tutadi.
80-yillarning o‘rtalarida dunyoda AQSh, G‘arbiy
Yevropa va Yaponiyadan
iborat ancha qudratli raqobatlashuv markaz vujudga keldiki, bu ham jahon
iqtisodiy munosabatlarini tartibga solishga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Jahon xo‘jalik aloqalarini tartibga solishga xalqaro tashkilotlar a’zolari
tarkibidagi o‘zgarishlarning ham ta’siri bo‘ldi. XVF, XTRB, TSBK (XST)ga
Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi ozod bo‘lgan
mamlakatlar va keyin qator
sobiq sotsialistik mamlakatlar faol kira bordiki, bu ham jahon xo‘jaligi aloqalarini
tartibga solishda ma’lum o‘zgarishlarga olib keladi.
Yevropa Ittifoqi (YeI) doirasida yagona bozorni bunyod etishga harakat
tufayli yagona umumevropa fuqaroligi, iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoq ta’sis
etiladi. Bu Ittifoqning Shartnomada belgilangan vazifalarini bajarish uchun bir
qator Yevropa muassasalari tuzildi.
Yevropa Ittifoqining ijroiya organi
Yevropa hamjamiyati Komissiyasi
(EHK)
dir. Uning a’zolarini milliy hukumatlar tayinlaydi, lekin ular o‘z
faoliyatlarida mutlaqo mustaqildir.
Ittifoqning qarorlar qabul qilish organi Vazirlar Kengashi hisoblanadi. Uning
tarkibida ichki ishlar, moliya, ta’minot, qishloq xo‘jaligi
kabi Vazirlar Kengashi
mavjud bo‘ladi.
Yevropa hamjamiyati Komissiyasi faoliyatini nazorat qilish, hamjamiyat
budjeti va qonunlarini ma’qullash hamda ularga o‘zgartirish
kiritish huquqi
Yevroparlament
zimmasiga yuklatiladi.
Yevropa Ittifoqida 1999 yildan boshlab yagona pul-kredit siyosati o‘tkazila
boshlandi. Shu munosabat bilan yagona valyuta – EKYu, 2004 yildan boshlab esa
Evro joriy etildi va yangi muassasa –
Dostları ilə paylaş: