Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Jahondagi asosiy integratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə546/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   542   543   544   545   546   547   548   549   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
26.2. Jahondagi asosiy integratsion guruhlarning amal qilish xususiyatlari 
 
Integratsiya jarayonlari obyektiv tavsif kasb etishiga qaramay, u o‘z-o‘zicha, 
stixiyali tarzda bormaydi. Balki bugungi kunda tashkil etilgan va faoliyat 
yuritayotgan mintaqaviy integratsion tuzilmalar ularga kiruvchi mamlakatlar 
o‘rtasida qonuniy kelishuv va o‘zaro shartnomalar asosida amal qiladi.
Hozirda dunyoda juda ko‘plab integratsion guruhlar mavjud. Biz turli 
mintaqalardagi asosiy integratsion guruhlar sifatida quyidagi tuzilmalarni 
ko‘rsatishimiz mumkin: 
-
G‘arbiy Yevropada – Yevropa Ittifoqi (YeI); 
-
Shimoliy Amerikada – Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi 
(NAFTA); 
-
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida – Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari 
assotsiatsiyasi (ASEAN). 
Yevropa Ittifoqi
1993 yil 1 noyabrda Maastrixt kelishuvlari (bu kelishuvlar 
1991 va 1992 yillarda iqtisodiy va valyuta ittifoqini shakllantirish to‘g‘risida 
imzolangan edi) kuchga kirishi asosida yangi nom bilan paydo bo‘ldi. Bunga qadar 
u Yevropa hamjamiyati deb atalib, o‘z ichiga 1967 yilda birlashgan uchta mustaqil 
mintaqaviy tashkilotlarni olar edi, ya’ni: 
- 1951 yilda tashkil etilgan ko‘mir va po‘lat ishlab chiqarish bo‘yicha Yevropa 
birlashmasi; 
- 1957 yilda tashkil etilgan Yevropa iqtisodiy hamjamiyati; 
- 1958 yilda tashkil etilgan atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati. 
YeI doirasidagi integratsiyaning rivojlanishi bosqichma-bosqich bormoqda. 
Jumladan, dastlab erkin savdo hududi, bojxona ittifoqi, umumiy bozorning, 
keyinchalik esa iqtisodiy va valyuta ittifoqining tashkil etilishi bu tuzilmalar 
shakllanishining quyidan yuqoriga tomon harakatini bildiradi. Hozirda YeIda 


723 
yagona bozor hamda davlatlararo boshqaruv tizimini tashkil etish jarayoni 
yakunlanib, mamlakatlar iqtisodiy, valyuta va siyosiy ittifoqlarni rasmiylashtirdilar. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   542   543   544   545   546   547   548   549   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin