milliy iqtisodiyot ochiqlik darajasining oshishidir . Ochiq iqtisodiyotning o‘ziga xos
belgisi bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-
mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jalik munosabatlari tizimiga
chuqur kirishganligi;
-
tovarlar, kapital, ishchi kuchining mamlakatlararo harakati yo‘lidagi
to‘siqlarning kamaytirilishi yoki to‘liq bartaraf etilishi;
-
milliy valyuta konvertatsiyasining ta’minlanganligi.
Shunday qilib, integratsiya milliy darajadagi iqtisodiy o‘sish jarayonlarining
o‘zaro birikishi orqali tavsiflanib, buning natijasida yagona xo‘jalik organizmi
shakllanadi. Real hayotda bir vaqtning o‘zida integratsiyalashuv va
integratsiyalashuvdan qaytish kabi ikki tendensiya amal qiladi. Bundan tashqari,
ba’zi bir sabablarga ko‘ra turli mamlakatlardagi integratsiyaning turli elementlari
bir xilda rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, integratsiyaning quyidagi turlarini ajratib
ko‘rsatish mumkin:
- qat’iy (bir tomonlama nafli) integratsiya. Bu turdagi integratsiya tashqi
tavsif holatlari bilan shartlangan bo‘lib, mazkur jarayonlardan ba’zi mamlakatlar
naf ko‘ruvchi hisoblansa, boshqa birlari donor hisoblanadi;
- moslashuvchan (ikki tomonlama nafli) integratsiya. Bu turdagi
integratsiyada har bir mamlakat bir vaqtning o‘zida ham donor, ham naf ko‘ruvchi
hisoblanadi.
Davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishida quyidagi bir qator shart-
sharoitlarning mavjudligi ta’sir ko‘rsatadi:
- integratsion aloqaga kirishayotgan mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyot
jihatidan bir xil darajada bo‘lishi hamda bir turdagi xo‘jalik tizimlariga ega
bo‘lishi;
- ularning hududiy jihatdan yaqinligi, yagona mintaqada joylashganligi va
umumiy chegaraga egaligi;
- ularning tarixan tarkib topgan va yetarli darajada mustahkam iqtisodiy
aloqalarga egaligi;
722
- iqtisodiy manfaatlar va muammolarning umumiyligi hamda ularni hal
etishda birgalikdagi harakatning samaradorligi va h.k.