Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-bob. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə541/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   537   538   539   540   541   542   543   544   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

26-bob. XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA VA
O‘ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATIGA KIRIB BORISHI
Hozirgi davrda jahon iqtisodiyotida ikki tendensiya amal qilmoqda. Bir 
tomondan, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, xalqaro 
savdoning erkinlashuvi, kommunikatsiya va axborot zamonaviy tizimi, texnik 
jihatdan jahon andozalari va me’yorlarining yaratilishi natijasida jahon 
xo‘jaligining yaxlitligi, uning globallashuvi kuchaymoqda. Ayniqsa, bu jarayon 
transmilliy korporatsiyalarning faoliyatlari orqali aniq namoyon bo‘lmoqda. 
Boshqa tomondan, mintaqaviy darajada mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan 
yaqinlashuvi va o‘zaro aloqadorligi ro‘y berib, jahon xo‘jaligining nisbatan 
mustaqil markazlarini tashkil etish yo‘nalishida rivojlanayotgan yirik mintaqaviy 
integratsion tuzilmalar shakllanmoqda. 
Shunga ko‘ra, ushbu bobda xalqaro integratsiyaning mohiyati, maqsad va 
shakllari bayon etiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning turlicha nazariyalari 
tahlil etilib, jahondagi asosiy integratsion guruhlar, shuningdek, O‘zbekistonning 
jahon iqtisodiyotiga kirib borishi va tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy 
yo‘nalishlari ochib beriladi. 
26.1. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari 
va obyektiv asoslari 
 
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini tadqiq etish, unda vujudga kelishi 
mumkin bo‘lgan muammolarni hal etish va mazkur jarayonning eng samarali 
shakllarini ko‘rsatib berishga intilish bu boradagi turli nazariyalarning paydo 
bo‘lishi va rivojlanishiga olib keldi. Bunday nazariyalar qatorida neoliberalizm, 
korporatsionalizm, strukturalizm, neokeynschilik yo‘nalishi kabilarni ajratib 
ko‘rsatish mumkin. 
Erta 
neoliberalizm
(1950-1960 yillar) vakillari V.Repke va M.Alle to‘liq 
integratsiya deganda bir necha mamlakatlar miqyosida yagona bozor makonining 


718 
tashkil etilishini tushunib, bu makonda erkin raqobat va bozorning stixiyali 
kuchlari amal qilib, davlat siyosati unga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Bu 
olimlarning fikricha, xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasiga davlatning 
aralashuvi inflyatsiya, xalqaro savdo va to‘lov nisbatlarining buzilishi kabi salbiy 
holatlarni keltirib chiqaradi. Biroq, davlat ishtirokidagi mintaqaviy davlatlararo 
ittifoqlarning shakllanishi asosidagi xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi 
erta neoliberallar fikrining asossiz ekanligini ko‘rsatdi. Shunga ko‘ra, keyingi 
neoliberalizm vakili B.Balass iqtisodiy integratsiya davlatning iqtisodiy hayotdagi 
ishtirokining faollashuviga olib kelishini tadqiq etdi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   537   538   539   540   541   542   543   544   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin