bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo
hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o‘rnatishni
va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo
qiladi. Yevropa Ittifoqi (YeI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;
-
to‘lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o‘zaro erkin almashuvini va hisob-
kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati,
Janubiy-Sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to‘lov ittifoqi pirovard
maqsaddir;
-
umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo‘lib,
uning qatnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga
kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy
siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy
bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari va
import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa
bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag‘lari va ishchi
kuchining chegaradan erkin o‘tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal
etishda yagona siyosat o‘tkaziladi;
-
iqtisodiy va valyuta ittifoqi . Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng
oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan
shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga
uyg‘unlashadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini obyektiv tavsifdagi bir qator omillar
taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o‘rinni egallaydi:
- xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi va globallashuvi;
- xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
- umumjahon fan-texnika revolyusiyasi;
- milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi.
721
Integratsiya jarayonlarini rag‘batlantiruvchi asosiy omillardan biri –