724
- o‘z zimmasiga a’zolik majburiyatlarini, shu
jumladan, siyosiy,
iqtisodiy va
valyuta ittifoqi vazifalarini olishga tayyorlik.
Yevropa Ittifoqining kengayishi o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bir
tomondan, yangi hududlar va aholining qo‘shilishi hisobiga YeIning resurs
salohiyati o‘sadi, mavjud a’zolar uchun bozorlar ahamiyatli darajada kengayadi,
YeIning jahondagi siyosiy mavqei kuchayadi.
Boshqa tomondan, YeIdan katta
hajmdagi sarf-xarajatlar, jumladan, uning yangi a’zolari uchun subsidiya va
transfert to‘lovlari uchun budjet sarflarining o‘sishi talab etiladi. Yangi a’zolar
iqtisodiyotining tarmoq bo‘yicha tarkibi talabga javob bermaganligi sababli, YeIda
beqarorlik xavfi kuchayadi.
Dostları ilə paylaş: