Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA)



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə548/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   544   545   546   547   548   549   550   551   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA) 
1994 yildan 
boshlab amalda bo‘lib, o‘z ichiga AQSh, Kanada va Meksikani qamrab oladi. Bu 
mamlakatlarning o‘zaro savdo va kapital harakati asosidagi iqtisodiy aloqalarining 
miqyoslarini quyidagi ma’lumotlar orqali tasavvur etish mumkin: AQShda Kanada 
eksportining 75-80% (yoki Kanada YaMMning 20%) sotiladi. Kanadadagi 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar tarkibida AQShning ulushi 75%dan, 
Kanadaning AQShdagi ulushi esa 9%dan ortiq. AQShga Meksika eksportining 
70%dan ortig‘i yo‘naltirilib, AQShdan Meksikaga 65% import kelib tushadi. 
Shimoliy Amerika integratsion guruhining mavjud tarkibi Yevropadagi 
integratsiya modelidan farq qilib, bu quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 
- AQSh, Kanada va Meksika o‘rtasidagi iqtisodiy o‘zaro aloqalarning teng 
nisbatlarda emasligi; 
- bu guruh a’zolari rivojlanganlik darajasining keskin farq qilishi. 
Erkin savdo to‘g‘risida Shimoliy Amerika bitimi (NAFTA)ning asosiy 
jihatlari quyidagilardan iborat: 
- barcha bojxona to‘lovlarini bekor qilish; 
- tovar va xizmatlar savdosidagi tarifsiz to‘siqlarning ahamiyatli qismini 
bosqichma-bosqich tugatib borish; 
- Meksikadagi Shimoliy Amerika kapital qo‘yilmalari uchun shart-sharoitlarni 
yaxshilash; 


725 
- Meksika moliya bozorida AQSh va Kanada banklarining faoliyatini 
erkinlashtirish; 
- AQSh, Kanada va Meksika arbitraj komissiyasini tashkil etish. 
Shuningdek, kelgusida nafaqat NAFTA doirasida ichki mintaqaviy 
hamkorlikni chuqurlashtirish, balki boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlari hisobiga 
uning tarkibini kengaytirish ham ko‘zda tutilmoqda. 
Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) 
1967 yilda 
tashkil topganligiga qaramay, faqat 1992 yilga kelib uning ishtirokchilari 
(Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur, Tailand, Bruney, Vetnam, Myanma, 
Laos) o‘z oldilariga 2008 yilga qadar yagona mintaqaviy erkin savdo hududini 
tashkil etish vazifasini qo‘ydilar. ASEANning a’zosi hisoblangan har bir 
mamlakatning iqtisodiyoti Yaponiya, AQSh, Osiyoning yangi industrial 
mamlakatlari iqtisodiyoti bilan chambarchas bog‘liq.
2018 yil 6 fevral kuni Janubiy-sharqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi 
(ASEAN)ga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining Singapurdagi navbatdan 
tashqari yig‘ilishi 
o‘tkaziladi.
Unda bir qancha masalalar muhokama qilingan. 
Jumladan: 

Mintaqadagi aholining turmush darajasini yaxshilash uchun “aqlli shaharlar” 
tarmog‘ini yaratish; 

Terrorizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni 
rivojlantirish; 

Kiber va transchegaraviy tahdidlarga qarshi jamoaviy barqarorlikni 
shakllantirish; 

Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hududlar masalasi; 

Myanmalik rohine musulmonlarining taqdiri. 
Shuningdek, ASEANga a’zo mamlakatlarda aholining turmush darajasini 
yaxshilash bo‘yicha takliflar kiritilishi ko‘zda tutilgan. 


726 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   544   545   546   547   548   549   550   551   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin