Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə550/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   546   547   548   549   550   551   552   553   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

global darajada 
amalga oshiriluvchi strategik integratsion 
vazifasi – bu mamlakatdagi barcha xo‘jalik subyektlarining tashqi bozor bilan 
o‘zaro aloqasini ta’minlash uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos 
keluvchi shart-sharoitlarni yaratish asosida uning xalqaro valyuta-moliya va savdo 
mexanizmlariga bevosita qo‘shilishidir. O‘zbekistonning BMT, Yevropada 
xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (OBSE), Yevropa hamjamiyati, Jahon banki
Xalqaro valyuta fondi, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) kabi tashkilotlar 
faoliyatidagi 
faol 
ishtiroki uning jahon xo‘jaligiga yanada kengroq 
integratsiyalashuvini ta’minlaydi.
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining 2017 yil 7 fеvraldagi “O‘zbеkiston Rеspublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha harakatlar stratеgiyasi to‘g‘risida”gi, PF-4947-sonli Farmoni. 8-ilova, 145-qator. 
2
Узбекистан: десять лет по пути формирования рыночной экономики / Под ред. А.Х.Хикматова. – Т.: 
“O‘zbеkiston”, 2001, стр. 292. 


728 
O‘zbekistonning 
transkontinental darajada 
amalga oshiriluvchi integratsion 
vazifasi – bu xalqaro transosiyo Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO) doirasidagi 
o‘zaro aloqalarni yanada kuchaytirishdan iborat. Bu tashkilot 1992 yilda tashkil 
etilgan bo‘lib, o‘z ichiga Osiyo qit’asining 10 ta davlati (Turkiya, Eron, Pokiston, 
Afg‘oniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va 
Ozarbayjon)ni oladi. Uning asosiy maqsadi – xo‘jalikning transport, 
kommunikatsiyalar, sanoat, qishloq xo‘jaligi, savdo, turizm, ishchi kuchi 
resurslarini rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy va xalqaro iqtisodiy hamkorlikni 
yo‘lga qo‘yishdan iborat. 
O‘zbekiston 
mintaqalararo darajada 
yangi mustaqil davlatlar – MDH 
mamlakatlari bilan integratsiyaga kirishdi. O‘zbekiston birinchilar qatorida MDHni 
tashkil etish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi, uning tashkilotchilari tarkibiga kirdi, 
integratsion va kooperatsion aloqalarini mustahkamlash hamda uning Xalqaro 
iqtisodiy qo‘mita (MEK), Davlatlararo bank (MGB), MDH Statistika qo‘mitasi 
kabi institutsional tuzilmalarini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda. 
O‘z o‘rnida ta’kidlash lozimki, keyingi paytlarda MDH o‘zining tashkil 
topishi chog‘idagi dastlabki maqsadi – ya’ni, mavjud xo‘jalik aloqalari va 
imkoniyatlardan foydalanishda o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini yo‘lga 
qo‘yish va shu asosda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadi hamda undan 
kelib chiquvchi vazifalarga mos kelmay qoldi. Bu tashkilot faoliyat yo‘nalishida 
ko‘proq siyosiy masalalar, «integratsion aloqalarni kuchaytirish» shiori ostida 
kuchli mamlakatlarning nisbatan kuchsiz mamlakatlar ichki ishlariga aralashuvi
ular manfaatlarining siqib qo‘yilishi, iqtisodiy va siyosiy tazyiq o‘tkazish holatlari 
ustunlik kasb eta boshladi.
O‘zbekistonning

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   546   547   548   549   550   551   552   553   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin