Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə558/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Qiyosiy ustunlik nazariyasi.
D.Rikardo o‘zaro foydali savdo va xalqaro 
ixtisoslashuvning ancha umumiy tamoyillarini shakllantirib, A.Smitning 
qarashlarini takomillashtirgan holda «qiyosiy ustunlik» nazariyasini ishlab chiqdi. 
U mazkur nazariya yordamida, hatto barcha mahsulotlarni ishlab chiqarishda ayrim 
mamlakatning mutlaq ustunligi mavjudligida ham o‘zaro foydali savdoning 
nafaqat mumkinligini, balki zarurligini isbotlab berdi. Bu mamlakat nisbatan past 
samarali mahsulotni ishlab chiqarishdan voz kechib, nisbatan yuqori samarali 
mahsulotni ishlab chiqarishga o‘tish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishi 
mumkin. Mazkur nazariyaga ko‘ra, mamlakatlar nisbatan past xarajatli mahsulotni 
ishlab chiqarishga ixtisoslashuv orqali qo‘shimcha ustunlikka ega bo‘lishi va 
mahsulot umumiy hajmini oshirishlari mumkin. Bunda har bir mamlakatning 
qandaydir tovar ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq ustunlikka ega bo‘lishi, ya’ni 
uning ishlab chiqarish xarajatlari xorijda yaratilayotgan shunday tovarlarning 
xarajatlaridan past bo‘lishi shart emas. D.Rikardoning fikricha, mamlakat o‘zida 


740 
qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishi va chetga sotishi yetarli 
hisoblanadi. 
Qiyosiy ustunlik nazariyasi quyidagi bir qator shartli farazlarga asoslanadi: 1) 
unda ikkita mamlakat va ikkita tovar o‘zaro taqqoslanadi; 2) ishlab chiqarish 
xarajatlari ish haqi ko‘rinishida olinadi; 3) mamlakatlar o‘rtasidagi ish haqi 
darajasidagi farqlar e’tiborga olinmaydi; 4) transport xarajatlari e’tiborga 
olinmaydi; 5) erkin savdo mavjud deb faraz qilinadi. 
Xalqaro savdoda qiyosiy ustunlik tamoyillarining amal qilishini yaqqol 
tasavvur qilish uchun quyidagi shartli misolni ko‘rib chiqamiz (27.1-jadval). 
27.1-jadval 
Turli mamlakatlarda don va vino ishlab chiqarish xarajatlari 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin