Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-bob. JAHON BOZORI. XALQARO VALYUTA VA KREDIT



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə557/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   553   554   555   556   557   558   559   560   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

27-bob. JAHON BOZORI. XALQARO VALYUTA VA KREDIT
MUNOSABATLARI 
Ushbu bobda milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlari bilan bog‘langan 
murakkab iqtisodiy munosabatlari tizimida xalqaro savdo munosabatlarining 
tutgan o‘rni, xalqaro savdoning rivojlanishi, omillari va tuzilishi, xalqaro 
munosabatlarning moliyaviy yoki valyutaga oid tomonlari bayon etiladi. 
Shuningdek, valyuta munosabatlari va hozirgi zamon valyuta tizimi asoslari
mamlakatning to‘lov balansi, uning tarkibi va taqchilligi muammolari o‘rganiladi. 
Xalqaro vayuta-kredit munosabatlari, valyuta tizimi, valyuta kursi va valyuta 
siyosati, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar alohida e’tibor beriladi. 
27.1. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo to‘g‘risidagi
turlicha nazariyalar 
 
Milliy xo‘jaliklarning xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida ishtirok etishi, 
ularning shakllari va samaradorlik darajasi kabi muammolarning uzoq davr 
mobaynida turli olimlar tomonidan tadqiq etilishi bu boradagi turlicha 
nazariyalarning shakllanishiga olib keldi. Bu nazariyalar orasida eng avvalo 
mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvda ishtirok etishi 
zarurligini nazariy jihatdan asoslab beruvchi mutlaq va qiyosiy (nisbiy) ustunlik 
nazariyalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mutlaq ustunlik nazariyasi.
Iqtisodiy rivojlanishning milliy andozasidan 
jahon andozasiga o‘tish, xalqaro iqtisodiy integratsiyaning rivojlanishi, 
iqtisodiyotning globallashuvi mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda 
faol ishtirok etishi milliy manfaatlarga qay darajada javob beradi, degan savolni 
qo‘yadi. Bu savolga javob topishga iqtisodiyot fani ilgaridan qiziqib kelgan. 
Jumladan, A.Smit xalqaro mehnat taqsimoti masalasini tahlil qilib, qanday 
tovarlarni eksport qilish va qaysilarini import qilish qulayligi to‘g‘risidagi o‘z 
qarashlarini bayon qilish asosida «mutlaq ustunlik» nazariyasini ilgari surgan. 


739 
Mazkur nazariyaga ko‘ra, A.Smit har bir mamlakatning qandaydir mahsulot turini 
ishlab chiqarishga ixtisoslashuvida bozorning asosiy rol o‘ynashini ko‘rsatib 
bergan. Shu bilan birga, u mamlakatlar quyidagi ikki ko‘rinishdagi ustunlikka: 1) 
tabiiy, ya’ni iqlim sharoitining qulayligi, ba’zi bir tabiiy resurslarning mavjudligi 
va shu kabi holatlar bilan shartlangan ustunlik; 2) erishilgan, ya’ni mamlakatdagi 
ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish texnologiyasi 
bilan shartlangan ustunlikka egaligini ta’kidlagan. Bu ustunliklardan foydalangan 
holda ishlab chiqarilgan mahsulot o‘z sifati jihatidan yuqori va tannarxi jihatidan 
past darajada bo‘ladi. Shunga ko‘ra, mahsulotlarning barcha turlari har bir 
mamlakat tomonidan ishlab chiqarilishi shart emas, balki ularning ba’zilarini 
ustunlikka ega bo‘lgan mamlakatdan sotib olish samarali hisoblanadi. Uni sotib 
olish mehnat sarflari esa mazkur mamlakatning o‘zi uchun ustun hisoblangan 
sohadagi mehnat orqali qoplanadi. A.Smit nazariyasi bo‘yicha har bir mamlakat 
o‘zida boshqalarga qaraganda arzonga tushgan, ya’ni kam mehnat sarflangan 
tovarni eksport qilib, ularga nisbatan ko‘p sarf talab qiladigan tovarlarni import 
qilish foydalidir. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   553   554   555   556   557   558   559   560   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin