tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB)
alohida rol o‘ynaydi.
2018 yilda O‘zbekiston uchun yangi mamlakat strategiyasi qabul
qilingandan so‘ng, ETTB qariyb 400 million evroga teng 12ta loyihani
imzoladi, bu esa bir yil ichida mamlakatdagi bank ishbilarmonlik faolligining
rekord darajasiga aylandi. Shahar va energetika infratuzilmasiga, shu jumladan,
Farg‘ona vodiysida suv ta’minoti va kanalizatsiya infratuzilmasini tiklashga,
shuningdek, bank va sanoat faoliyatiga katta sarmoyalar kiritildi.
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyatida
Osiyo rivojlanishi
Banki (ORB) hamda Jahon savdo tashkiloti (JST)
bilan hamkorligi istiqbolli
yo‘nalishlardan hisoblanadi. Shunday qilib, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga
qo‘shilishida dunyo mamlakatlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan
hamkorlik hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘lib, bu milliy iqtisodiyotning
baynalmilallashuvini kuchaytiradi hamda iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga
ko‘tarishning asosiy tashqi omillari hisoblanadi.
735
Xulosalar
1. Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu mamlakatlarning chuqur, barqaror
o‘zaro iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi, milliy xo‘jaliklar o‘rtasidagi mehnat
taqsimoti asosida ular xo‘jalik va siyosiy aloqalarining chatishib ketish
jarayonlaridir. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari sifatida erkin
savdo hududlari, bojxona ittifoqi, to‘lov ittifoqi, umumiy bozor, iqtisodiy va
valyuta ittifoqini ko‘rsatish mumkin.
2. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini obyektiv tavsifdagi bir qator
omillar taqozo qiladiki, ularning ichida xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi
va globallashuvi; xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi; umumjahon fan-
texnika revolyusiyasi; milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi kabilar asosiy
o‘rinni egallaydi.
3. Turli mamlakatlardagi integratsiyaning turli elementlari bir xilda
rivojlanmaydi. Shunga ko‘ra, integratsiyaning qat’iy (bir tomonlama nafli)
integratsiya, tasodifiy integratsiya, moslashuvchan (ikki tomonlama nafli)
integratsiya kabi turlari farqlanadi.
4. Bugungi kunda O‘zbekistonning jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvi ko‘p
darajali tizim sifatida amal qilib, uni quyidagi beshta darajaga ajratish mumkin:
global; transkontinental; mintaqalararo; mintaqaviy; mahalliy. Har bir darajadagi
integratsion aloqalarning o‘ziga xos vazifalari mavjud.
5. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatini amalga oshirishning asosiy
tamoyillari teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik negizida qurilib, uning
qoidalari ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnoma munosabatlarida o‘zaro
manfaatli aloqalar o‘rnatish, xalqaro iqtisodiy ittifoqlar doirasidagi hamkorlikni
chuqurlashtirishga asoslandi.
|