Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə561/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   557   558   559   560   561   562   563   564   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Leontev paradoksi
degan nom oldi. Ma’lum bo‘ldiki, AQShdagi kapitalning 
nisbiy ortiqchaligi Amerika tashqi savdosiga ta’sir ko‘rsatmaydi. AQSh ko‘proq 
mehnat sig‘imi yuqori, kapital sig‘imi esa past bo‘lgan tovarlarni eksport qilar 
ekan. V.Leontev Amerikadagi mehnatning yuqori unumdorligi amerikalik 
ishchilarning nisbatan yuqori malakasi bilan bog‘liqligini ta’kidlab, bu erdagi 
mehnatning xorijdagi mehnat bilan nisbati 1:3 ekvivalentlikda ekanligini ko‘rsatdi. 
Bu esa ishchi kuchi malakasi modelining paydo bo‘lishiga olib keldi. 
Ishchi kuchi malakasi modeliga ko‘ra, ishlab chiqarishda uchta emas, 
balki to‘rtta: malakali ishchi kuchi, malakasiz ishchi kuchi, kapital va yer 
ishtirok etadi.
Kasbiy mahoratga ega bo‘lgan xodimlar va yuqori malakali ishchi 
kuchining nisbatan ko‘pligi malakali mehnatning katta miqdorini taqozo etuvchi 
tovarlarning eksport qilinishiga olib keladi. Malakasiz ishchi kuchining ko‘pligi 
esa ishlab chiqarishda yuqori malaka talab etilmaydigan tovarlarning eksportiga 
imkon yaratadi. 
Hozirgi zamon iqtisodiy fani Xeksher-Olin nazariyasining faqat yutuqli 
jihatlarini emas, balki cheklangan tomonlarini ham ochib beradi. Jumladan
quyidagi jarayonlar bu nazariyaga muvofiq kelmaydi: 
- yuqori rivojlangan mamlakatlarning sanoati va savdosidagi tarkibiy 
siljishlarning yaqinlashuvi; 
- daromadlarning bir xilda yuqori darajasiga ega bo‘lgan mamlakatlar 
o‘rtasidagi savdoning ahamiyatli va muntazam o‘sib boruvchi solishtirma 
salmog‘i; 


743 
- jahon savdosida o‘xshash sanoat tovarlarini bir-biriga yetkazib berishning 
yuqori va o‘sib boruvchi solishtirma salmog‘i. 
Sanab o‘tilgan holatlar iqtisodiy fan oldiga Xeksher-Olin nazariyasini 
kengaytirish yoki asosiy qoidalarini yangilash yo‘llarini qidirish vazifasini qo‘yadi. 
Bu bir tomondan, nazariyaning kengayishiga, ishlab chiqarish omillarining 
yangicha talqin etilishiga, ikkinchi tomondan esa, uning to‘liq inkor etilishiga 
hamda XMT samaradorligi muammosiga mutlaq yangi yondashuvlarning paydo 
bo‘lishiga olib keladi.
Xalqaro mehnat taqsimoti neoklassik nazariyalari o‘rtasida amerikalik 
iqtisodchi 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   557   558   559   560   561   562   563   564   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin