746
resurslar hajmini qisqartiradi. Boshqa tomondan, kapital eksporti chet davlatlarning
mazkur mamlakatdan bo‘lgan qarzlarini ko‘paytiradi. U jahon bozoriga tovarlarning
keyingi eksporti uchun qulay sharoit yaratadi va chet el valyutasida foiz yoki
dividend shaklida barqaror daromad olish omili hisoblanadi.
Ko‘plab
mamlakatlar, cheklangan resurs bazasiga va tor ichki bozorga ega
bo‘lib, o‘zlarining ichki iste’moli uchun zarur bo‘lgan
barcha tovarlarni yetarli
samaradorlik bilan ishlab chiqarish holatida bo‘lmaydi. Bunday mamlakatlar
uchun import kerakli tovarlarni olishning asosiy yo‘li hisoblanadi.
Import eksportdan farq qilib chet ellik ishlab chiqaruvchilardan tovarlar
(xizmatlar) sotib olib, ularni mamlakatga keltirishni bildiradi.
Bunda mamlakat
ichida ishlab chiqarish xarajatlari tashqaridan sotib olingan chog‘dagi xarajatlardan
yuqori bo‘lgan tovarlar import qilinadi. Tashqi savdo
samaradorligini hisoblashda
mazkur mamlakat tomonidan import qilish hisobiga muayyan tovarlarga bo‘lgan o‘z
ehtiyojining tezlik bilan qondirilishi hamda bunday tovarlarni mamlakat ichida
ishlab chiqarilgan chog‘da sarflanishi lozim bo‘lgan resurslarning tejalishi natijasida
olinuvchi iqtisodiy naf e’tiborga olinadi
Dostları ilə paylaş: