Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə540/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   536   537   538   539   540   541   542   543   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Jahon xo‘jaligi 
– xalqaro mehnat taqsimoti asosida savdo-ishlab chiqarish, 
moliyaviy va ilmiy-texnikaviy va boshqa aloqalar orqali o‘zaro manfaatdorlik 
maqsadida birlashgan turli mamlakatlar xo‘jaliklari tizimi. 
Ishlab chiqarish yoki iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi 
– 
mamlakatlarning jahon miqyosida iqtisodiy aloqalarining kuchayishi hamda 
iqtisodiy munosabatlarning tobora kengroq jabhalarini qamrab olishi jarayoni. 
Xalqaro mehnat taqsimoti 
– alohida olingan mamlakatlarning tovar va 
xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi. 
Globallashuv
– jahon xo‘jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy 
munosabatlar yagona tarmog‘ining tashkil topishi va rivojlanishi. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
– jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi 
xo‘jalik aloqalari majmui. 
Kapitalning xalqaro harakati 
– kapitalning chet elda joylashtirilishi va 
harakat qilishi. 
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi 
– ishchi kuchi resurslarining ancha 
qulay sharoitda ish bilan ta’minlanish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga 
ko‘chib o‘tishi. 
Emigratsiya
– aholining bir mamlakatdan doimiy yashash uchunboshqa 
mamlakatga chiqib ketishi. 
Immigratsiya
– aholining shu mamlakatga doimiy yashash uchun kirib 
kelishi. 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1. 
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojining eng muhim o‘ziga xos xususiyati 
nimadan iborat? Jahon xo‘jaligining milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday? 
2. 
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash qanday mezonlarga 
asoslanadi? Ularni turkumlash bo‘yicha hozirgi davrdagi yondoshuvlarga asoslanib 
davlatlarning asosiy guruhlarini ajratib ko‘rsating. 


716 
3. 
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi jarayonining mohiyati nimadan 
iborat?
4. 
Globallashuv jarayoni nima va uning qanday yo‘nalishlari mavjud? 
Globallashuv jarayonining ziddiyatli jihatlarini gapirib bering. 
5. 
Xalqaro mehnat taqsimoti qanday tamoyillarga asoslanadi? Unda tabiiy 
sharoitdagi tafovutlar qanday rol o‘ynaydi? 
6. 
Jahon narxlari qanday qiymatga asoslanadi? Jahon narxlariga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillar tavsifini bering. 
7. 
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar nima uchun turli shakllarga ega bo‘ladi? 
Ularning asosiy shakllarini sanab ko‘rsating. 
8. 
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi to‘g‘risida tushuncha bering. Xalqaro 
migrantlar qanday toifalarga ajratiladi? 
9. 
Jahon infratuzilmasi tarkibiy qismlarining tavsifini bering va ularning har 
birining ahamiyatini ko‘rsating. 
10. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni nima zarur qilib 
qo‘yadi? Hozirda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tartibga soluvchi qanday 
xalqaro tuzilmalarni bilasiz?


717 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   536   537   538   539   540   541   542   543   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin