705
ko‘payishiga qaramay aholi jon boshiga ist’emol,
ayniqsa rivojlangan
mamlakatlardagi iste’mol darajasi bilan taqqoslaganda kishilarning haqiqiy
ehtiyojlariga qaraganda past darajada qolmoqda. Bu kabi holatlardan ba’zi bir
demograf-olimlar
asossiz ravishda, keskin xulosalar chiqarib,
aholi nufusi
jarayonlari ustidan davlat miqyosidagi nazoratlarning o‘rnatilishi, jumladan oilani
rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish kabi da’volarini kuchaytirmoqdalar.
Bunday assosiz dasturlardan ko‘ra, ular bu mamlakatlarda yangi texnika va
texnologiya asosida ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish
dasturini taklif qilsalar
maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, hozirda jahon miqyosida yuz berayotgan
globallashuv jarayonlari o‘zining ijobiy yo‘nalishlari va ziddiyatlariga ega bo‘lib,
bu jihatlarning nisbatini tartibga solishda dunyoning barcha mamlakatlarining faol
ishtiroki va birlashuvi talab etiladi.
25.3. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari.
Jahon infratuzilmasining rivojlanishi
Jahon xo‘jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki
ular tashqi iqtisodiy aloqalari)ning
barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab
chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo‘ladi.
Shu asosda
mamlakatlar o‘rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: