706
- valyuta-kredit munosabatlari.
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo‘jaliklarning
xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog‘liq. Xalqaro mehnat taqsimoti
rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi.
Jahon bozoriga tovar va
xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o‘zining
rivojlanishida bir qator bosqichlardan o‘tadiki, ulardan har biri milliy xo‘jalikning
xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan
tavsiflanadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi
va jahon bozorining asosiy
belgi va xususiyatlarini 27-bobda batafsil ko‘rib chiqamiz.
Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi
va harakatga keltirilishi.
U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
- xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo‘li
bilan harakati ko‘pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi;
- pul va tovar shaklida.
Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar,
patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo‘lishi mumkin;
- qisqa va uzoq muddatli kreditlar
shaklida;
- ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar
bo‘yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi.
Tadbirkorlik
kapitali to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfelli investitsiyalardan iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: