689
2.
Farovonlikning eng quyi chegarasini oila daromadining shunday chegarasi
bilan
belgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini
takror hosil qilishni ta’minlab bo‘lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik
minimumi yoki kun kechirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi)
sifatida
chiqadi.
3.
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik
faoliyatidan olinadigan
daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan
foiz, dividend, renta shaklda
olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar,
ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari,
hunarmandchilik buyumlarini
sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishidan kelib tushadigan daromadlarni o‘z
ichiga oladi. Natural daromad mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy
xo‘jaliklarining o‘z iste’mollari uchun ishlab chiqargan
mahsulotlaridan iborat
bo‘ladi.
4.
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
o‘rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi.
Bu turli
mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o‘rtasida tengsizlik mavjudligini
bildiradi.
5.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli
markazlashgan daromadlarni
tabaqalashgan soliq solish yo‘li bilan shakllantirish va uni budjet orqali aholi turli
guruhlari o‘rtasida qayta taqsimlashdan iborat.
6.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy
yo‘nalish – bu narxlarning oshib va pul qadrining tushib ortib borishi munosabati
bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini
muntazam oshirib borish
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: