Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko‘rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ijtimoiy to‘lovlarning maqsadi
jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish
hisoblanadi.
Aholi real daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta’sir ko‘rsatishi sababli
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi
iste’mol tovarlari narxlarining o‘sishini hisobga olish va daromadlarni indeksatsiyalash , ya’ni nominal daromadlarni narxlar o‘sishiga bog‘liqlikda
oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishi
aholi kambag‘al qatlamini qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda kambag‘allikning o‘zi hayot kechirish minimumi yordamida
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi.
Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal me’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko‘zda tutadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamga
muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga
daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar
kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosatdir. Respublikada bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy siyosat aholini
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik
yo‘nalishlarda amalga oshiriladi.
685
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish –
bu