Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Aholi daromadlari va uning tarkibi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə505/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   501   502   503   504   505   506   507   508   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

24.2. Aholi daromadlari va uning tarkibi.
Yalpi ichki mahsulotning taqsimlanish va qayta taqsimlanishi natijasida aholi 
daromadlari shakllanadi. 
Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig‘ida (masalan, 
bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar 
miqdorini anglatadi. 
Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim 
ko‘rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim 
olishi, sog‘lig‘ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini 
belgilab beradi. Aholi daromadlari darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillar 
orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, iste’mol bozorining tovarlar 
bilan to‘yinganlik darajasi kabilar muhim o‘rin tutadi. 
Aholi daromadlari 
pul 
va
 natural
ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Aholi 
pul daromadlari
ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan 
daromad, nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan 
foiz, dividend, renta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog‘ozlar, 
ko‘chmas mulk, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini 
sotishdan va har xil xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushadigan daromadlarni o‘z 
ichiga oladi. 
Natural daromad
mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo‘jaliklarining o‘z 
iste’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo‘ladi. 
Aholi daromadlari darajasiga baho berish uchun nominal va real daromad 
tushunchalaridan foydalaniladi.

Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig‘ida olingan 
daromadlarining pul ko‘rinishidagi miqdori. 
Real daromad – aholining ixtiyorida bo‘lgan daromadga sotib olish 
mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori. 
Ya’ni, real daromad aholining 
ixtiyorida bo‘lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   501   502   503   504   505   506   507   508   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin