749
Eng muhimi, eksport hajmining ana shunday o‘sishi biz uchun an’anaviy
resurslar bo‘lmish
paxta tolasi, qimmatbaho metallar va turli xomashyo yetkazib
berish
hisobiga emas, balki asosan avtomobillar,
neft-kimyo va metall
mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar, ip-kalava va gazlama, trikotaj buyumlar, sim-kabel
mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa shu kabi ko‘plab eksport tovarlari
hajmi va turlarini ko‘paytirish evaziga ta’minlanmoqda.
«Bu yil eksportyorlarga kafillik beradigan va
xarajatlarning bir qismini
qoplaydigan – Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda eksportni
oldindan moliyalashtirish uchun – Eksport-kredit agentligi tashkil etiladi.
Shuningdek, eksport qilishda zamonaviy sug‘urta xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi,
avtomobil va havo transporti xarajatlarini qisman davlat tomonidan qoplab berish
mexanizmi joriy qilinadi.»
1
.
Eksport va importning harakatida ham multiplikatsiya
samarasi mavjud
bo‘lib, bu omilni hisobga olish o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada taniqli
iqtisodchi olimlardan J.Keyns, R.Kan, F.Maxlup, P.Samuelson va boshqalar tashqi
savdo multiplikatori to‘g‘risidagi nazariy asoslarni yaratishda katta hissa
qo‘shdilar.
Eksport multiplikatori
ham investitsiyalar multiplikatori singari iste’mol
sohasidagi ichki jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lib, iste’mol yoki jamg‘armaga so‘nggi
qo‘shilgan moyillik ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi:
MRC
MRS
M
x
1
1
1
,
bu yerda:
M
x
– eksport multiplikatori koeffitsienti;
MRS – jamg‘armaga so‘nggi qo‘shilgan moyillik;
MRC – iste’molga so‘nggi qo‘shilgan moyillik.
Dostları ilə paylaş: