103
olib keladi. Lekin bu texnik o‘zgarishlarga qarab bir tomonlama yondashuv bilan
jamiyat taraqqiyoti qonunlarini aniqlab bo‘lmaydi. Ayniqsa, iqtisodiy tizimlar va
ularning tavsifini bilishda ham texnik, ham ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni
birgalikda olib, ularning o‘zaro bir-biriga ta’sirini va shu dialektik aloqadorlik va
ta’sir natijasida sodir bo‘ladigan taraqqiyot qonunlarini o‘rganish zarurdir.
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy-
iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko‘rish mumkinki, bir necha
ming yillab rivojlanmayotgan tovar xo‘jaligi va bozorning vujudga kelishi bilan
ayrim mamlakatlar va yurtlarda texnika-texnologiya taraqqiyoti gurkirab o‘sib
ketdi. Texnika taraqqiyotining barcha bosqichlari – oddiy kooperatsiya,
manufaktura, mashinalashgan, ya’ni industrlashgan ishlab chiqarish, yuqori
darajadagi industrlashgan, axborotlashgan jamiyat bosqichlari keyingi 250-300
yilga, ya’ni tovar xo‘jaligi rivoj topgan davrga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham
keyingi paytda ko‘pgina iqtisodchilar jamiyat taraqqiyoti bosqichlarini iqtisodiy
tizimlarga bo‘lib o‘rganadilar.
Dostları ilə paylaş: