Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar o‘rtasida ularning o‘zlari uchun



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Iqtisodiy munosabatlar – bu kishilar o‘rtasida ularning o‘zlari uchun 
zarur bo‘lgan hayotiy ne’matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash 
va iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan munosabatlardir.
Ular ishlab 
chiqarish munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlar deb ham ataladi. 
Ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojining muayyan darajasi ishlab chiqarish 
munosabatlarining u yoki bu turini taqozo qiladi. 
Muayyan taraqqiyot 
darajasidagi ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari 
muayyan turining birligi va o‘zaro ta’siri ishlab chiqarish usulini tashkil 
etadi.
Ishlab chiqarish munosabatlari faqat ishlab chiqaruvchi kuchlar bilangina 
o‘zaro aloqada bo‘lib qolmaydi. Ular bir vaqtda bazis ham hisoblanib, uning ustida 
ishlab chiqarish munosabatlarining ushbu tizimiga xos bo‘lgan alohida siyosiy
huquqiy, mafkuraviy, milliy, oilaviy va boshqa ijtimoiy munosabatlar hamda 
tartibotlarning alohida turlari qad ko‘taradi. Ana shularning yig‘indisi jamiyatning 
ustqurmasini tashkil etadi. Siyosat, huquq, ahloq va ustqurmaning boshqa 
elementlari ham faol rol o‘ynaydi, o‘zlarini vujudga keltirgan ishlab chiqarish 
munosabatlariga, ular orqali esa jamiyatning ishlab chiqaruvchi kuchlariga ham 
aks ta’sir ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqarish usuli bilan jamiyat ustqurmasi ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyani tashkil etadi
.
Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaning tarkibiy qismlarini alohida rasm orqali 
ifodalash mumkin (3.1-rasm). Bu yerda ikki holatga e’tibor berish muhim. 
Birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlari mustaqil, alohida tizimni tashkil 
qilmaydi. Ular ishlab chiqaruvchi kuchlar bilan ham, shuningdek, ustqurma bilan 
ham har doim o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Ikkinchidan, turli formatsiyalarda o‘ziga xos 
ishlab chiqarish munosabatlari amal qiladi va bu esa har bir formatsiyaga mos 
keluvchi ishlab chiqarish usulini belgilab beradi. 


99 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin