Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

ma’muriy-buyruqbozlik 
iqtisodiyoti
hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga ijtimoiy
aniqrog‘i, davlat mulkchiligining hukmronligi va ma’muriy organlar tomonidan 
iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul qilinishi bilan tavsiflanadi. 
Foydalanadigan resurslarning hajmi, mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab 
chiqarishni tashkil qilish kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy 
boshqarish organlari tomonidan qabul qilinadi. 
Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim 
bozor iqtisodiyoti 
tizimidir
. Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi erkin 
raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo‘lib, ba’zi adabiyotlarda uni sof 
kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa hozirgi zamon rivojlangan bozor 
iqtisodiyoti bo‘lib, uni aralash iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi. 
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti 
resurslarga xususiy 
mulkchilik, iqtisodiy faoliyatda va tadbirkorlikda erkinlik, iqtisodiy jarayonlarni 
tartiblashda va uyg‘unlashtirishda bozor mexanizmidan foydalanish bilan 
tavsiflanadi. Bunday tizimda har bir iqtisodiy subyektning xatti-harkati uning 
xususiy manfaatiga asoslanadi. Ular o‘zlari qabul qilgan xo‘jalik echimlari va 
qarorlari asosida daromadlarini eng yuqori darajada yetkazishga intiladilar. Bu 


105 
alohida qabul qilingan qarorlar bozor tizimi yordamida uyg‘unlashtiriladi. Raqobat 
sharoitida tovarlarning ishlab chiqarilishi, resurslarning taklif qilinishi shuni 
bildiradiki, har bir mahsulot va resurslarning ko‘plab mustaqil harakat qiluvchi 
xaridor va sotuvchilari mavjud bo‘ladi. Bu yerda iqtisodiy jarayonlarga davlatning 
aralashuvi cheklangan tavsifga ega bo‘ladi. Shu sababli davlatning roli xususiy 
mulkni himoya qilish va erkin bozorning amal qilishiga qulay sharoit yaratuvchi 
huquqiy tartiblar o‘rnatishdan iboratdir.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin