108
chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki
bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi.
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining
umumlashish darajasi turli xil,
ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli
darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi.
Shunga mos ravishda mulk
subyektlari vujudga keladi.
Mulk subyekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy
mavqega ega bo‘lgan, mulk obyektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy
munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa
ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘ladi.
Ayrim kishilar,
oilalar va davlat ham
mulkchilik subyekti sifatida maydonga chiqishi mumkin.
Mulk obyektlari va subyektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va
huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin.
Mulkchilik munosabatlari
–
bu mulk obyektini o‘zlashtirish bo‘yicha mulk subyektlari o‘rtasidagi
iqtisodiy munosabatdir.
Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin:
Mulkchilik huquqlari
esa mulk subyektining mulk obyektiga nisbatan
munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib
chiquvchi huquqlar majmuidir:
Mulk subyektlari ko‘p darajali bo‘lib, shu subyektlardan birontasi o‘zini
mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy
va yuzaki tus oladi.
Dostları ilə paylaş: