Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Mulkka aylangan barcha boylik turlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Mulkka aylangan barcha boylik turlari
mulkchilik 
obyektlaridir
. Mulk obyekti bo‘lib, inson yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar, 
tabiiy boyliklar, aqliy mehnat mahsuli, insonning mehnat qilish qobiliyati – ishchi 
kuchi va boshqalar hisoblanadi. Mulk obyektida asosiy bo‘g‘in – bu ishlab 


108 
chiqarish vositalariga egalik qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarish vositalari kimniki 
bo‘lsa, ishlab chiqarilgan mahsulot ham unga tegishli bo‘ladi. 
Real hayotda ishlab chiqarish vositalarining umumlashish darajasi turli xil
ya’ni ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi turli 
darajada va turli shakllarda amalga oshiriladi. Shunga mos ravishda mulk 
subyektlari vujudga keladi. 
Mulk subyekti jamiyatda ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy 
mavqega ega bo‘lgan, mulk obyektini o‘zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy 
munosabatlar ishtirokchilari bo‘lib, ular jamoa, sinf, tabaqa yoki boshqa 
ijtimoiy guruhlarga birlashgan bo‘ladi.
Ayrim kishilar, oilalar va davlat ham 
mulkchilik subyekti sifatida maydonga chiqishi mumkin. 
Mulk obyektlari va subyektlari yordamida mulkchilik munosabatlari va 
huquqlarini yanada yaqqolroq tushunish mumkin. 
Mulkchilik munosabatlari
– 
bu mulk obyektini o‘zlashtirish bo‘yicha mulk subyektlari o‘rtasidagi 
iqtisodiy munosabatdir.
Bu qoidani quyidagi tasvir orqali ifodalash mumkin: 
Mulkchilik huquqlari
esa mulk subyektining mulk obyektiga nisbatan 
munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib 
chiquvchi huquqlar majmuidir: 
 
Mulk subyektlari ko‘p darajali bo‘lib, shu subyektlardan birontasi o‘zini 
mulk egasi sifatida yuzaga chiqara olmasa, unda mulkchilik munosabatlari rasmiy 
va yuzaki tus oladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin