110
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi
va ularning iqtisodiy mezoni,
avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning
umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab
chiqaruvchi
kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy
munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat
ixtiyorida bo‘lgan mulk obyektlaridan iborat.
Davlat mulki asosan ikki yo‘l
bilan hosil bo‘ladi:
1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o‘tkazilishi;
2) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona
va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki
umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror
ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik
inshootlar va transport
vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin.
O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika
mulkidan va ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi.
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda
boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va
boshqaruvi tuzilmalari mol-
mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, budjet mablag‘lari, oltin
zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar
mulkida davlat hokimiyati
mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi
va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi,
madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: