Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti
. Hozirgi davrda real hayotda bozor 
iqtisodiyoti 
sof 
bozor 
mexanizmi 
va 
rejali 
iqtisodiyot 
unsurlarini 
mujassamlashtiradi. Mulkchilikning har xil shakllari, tadbirkorlikning turli 
yo‘nalishlari mavjud bo‘ladi, unda rejalashtirish, prognozlash, aholini ijtimoiy 
himoyalash kuchayadi. Masalan, AQSh iqtisodiyoti hozirgi davrda oldingi erkin 
bozor iqtisodiyotidan sezilarli farq qiladi. Bu farqlar quyidagilarda ko‘rinadi: 
birinchidan, mulkning bir qismi davlat qo‘lida bo‘lib, u iqtisodiyotda faol rol 
o‘ynaydi. Bu iqtisodiyotning barqarorligi va o‘sishi uchun sharoit yaratishda, 
bozor tizimi yetarli darajada ishlab chiqarmaydigan yoki umuman yetkazib 
bermaydigan ayrim tovarlar va xizmatlar bilan ta’minlashda, daromadlar 
taqsimlanishini o‘zgartirishda va shu kabilarda namoyon bo‘ladi;
ikkinchidan, sof kapitalizmdan farqli o‘laroq, AQSh iqtisodiyotida yirik 
korporatsiyalar va kuchli kasaba uyushmalari shaklidagi qudratli iqtisodiy 
tashkilotlar mavjud. 
Bu erda, shuni alohida ta’kidlash lozimki, xususiy mulkchilik va bozor 
tizimiga suyanish, ijtimoiy mulkchilik va markazdan rejalashtirish har doim ham 
bir vaqtda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Masalan, sobiq millatchi Germaniya 
iqtisodiyoti avtoritar kapitalizm deb atalgan, chunki mulkchilik xususiy bo‘lib 
qolsada, mamlakat iqtisodiyoti qattiq nazorat ostiga olingan va markazdan 
boshqarilgan. Buning teskarisi, bozor sotsializmi deb atalgan sobiq sotsialistik 
Yugoslaviya iqtisodiyotida resurslarga ijtimoiy mulkchilik xos bo‘lgan va bir 
vaqtda iqtisodiy faoliyatni tashkil qilish va boshqarishda erkin bozor asosida olib 
borilgan. Shvetsiya iqtisodiyotida ham 90% dan ortiq xo‘jalik faoliyati xususiy 


106 
firmalarda to‘plangan bo‘lsada, davlat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va 
daromadlarni qayta taqsimlashda faol qatnashadi. Hozirgi vaqtda Xitoy Xalq 
Respublikasida davlatning markazlashgan holda iqtisodiyotga aralashuvi va 
rejalashtirish tizimi saqlanib qolgan holda bozor mexanizmlari muvaffaqiyat bilan 
qo‘llanilib, barqaror va tez sur’atlar bilan iqtisodiy o‘sishga erishmoqda. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin