109
3.4. Mulkchilikning turli shakllari va ularning mazmuni
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o‘z
ichiga
davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa
mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo‘jaligi va shaxsiy
tomorqa xo‘jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy
munosabatlar sohasidagi
aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. Shu sababli «O‘zbekiston
Respublikasining mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi
mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk,
aralash mulk (3.2-rasm).
3.2-rasm
Mulkchilik shakllarining tasniflanishi
Xususiy mulk
–
ayrim kishilar va
guruhlarga tеgishli
bo‘lib, yollanma
mеhnatdan
foydalanib
daromad
topishga
qaratilgan mulk
Jamoa mulki
–
muayyan maqsad
yo‘lida turli
ko‘rinishdagi
jamoalarga birlashgan
kishilar tomonidan
birgalikda
o‘zlashtiriluvchi
vosita va nе'matlar
Davlat mulki
–
o‘z vazifalarini
bajarish
maqsadida
davlat
tomonidan
o‘zlashtiriluvchi
turli vosita va
nе'matlar
Aralash mulk –
turli
mulk
shakllaridan tashkil
topib, shunga muvofiq
tarzda o‘zlashtiriluvchi
vosita va nе'matlar
Yakka tartibdagi
xususiy mulk –
alohida olingan
mulkdor tomonidan
o‘zlashtiriluvchi
vosita va nе'matlar
Dostları ilə paylaş: