Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

3.3. Mulkchilik munosabatlarining mohiyati va iqtisodiy mazmuni.
 
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy 
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli 
hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab 
chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. 
Shunday ekan, 
mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, 
foydalanish, tasarruf etish va o‘zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan 
iqtisodiy munosabatlardir.
Mulkka 
egalik qilish
mulkning egasi qo‘lida saqlanib turishini bildiradi va 
yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shaklini ifodalaydi. Ayrim 
hollarda mulkka egalik qilish uning egasi ixtiyorida saqlangan holda, undan 
amalda foydalanish esa boshqalar qo‘lida bo‘ladi. Bunga ijaraga berilgan mol-
mulkni misol qilib keltirish mumkin. Mulkdan 
foydalanish
– bu mol-mulkning 
iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishidir. Mol-mulkni
o‘zlashtirish
yuz berganda u daromad olish uchun yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish 
uchun ishlatilishini bildiradi. Mulkni 
tasarruf etish
– bu mol-mulk taqdirining 
mustaqil hal qilinishidir. U mol-mulkni sotish, meros qoldirish, hadya qilish, 
ijaraga berish kabi holatlarni erkin tanlash imkoniyati orqali namoyon bo‘ladi. 
Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmunini uning ajralmas jihatlari 
(egalik qilish, foydalanish, o‘zlashtirish va tasarruf etish) belgilab bersada, bu 
munosabatlar tavsifi nafaqat alohida mulk shakllarida, balki bitta mulk shakli 
doirasida ham farqlanishi mumkin. Mulkchilik jamiyatdagi ham huquqiy, ham 
iqtisodiy munosabatlar mazmunini o‘zida ifodalaydi. Mulkchilikning huquqiy va 


107 
iqtisodiy mazmuni o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi, shu sababli 
mulkchilik bir vaqtda ham iqtisodiy, ham huquqiy kategoriya hisoblanadi. Bu 
birlikda, yuqorida ko‘rsatilganidek, hal qiluvchi rolni mulkchilikning iqtisodiy 
tomoni egallaydi. Mulkchilik xo‘jalik va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari 
orqali iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqariladi. Agar mulk iqtisodiy jihatdan 
ro‘yobga chiqarilmasa, ya’ni o‘zlashtirilmasa, ishlab chiqarishda foydalanilmasa 
yoki mulk egasiga daromad keltirmasa, bunda u «huquqiy» kategoriya sifatida 
qoladi. Boshqa tomondan, mulkchilikning huquqiy jihati uning iqtisodiy tomoniga 
nisbatan faqat bo‘ysunuvchi rol o‘ynamaydi. Bu shunda ko‘rinadiki, ishlab 
chiqarish vositalariga ma’lum huquqiy egalik qilmasdan, hech kim ishlab chiqarish 
jarayonini amalga oshira olmaydi, ishlab chiqarish vositalari va ishlab chiqarilgan 
mahsulotdan foydalana olmaydi. Shu sababli mulkchilikning huquqiy me’yorlari 
(egalik qilish, tasarruf qilish, foydalanish huquqi) iqtisodiy munosabatlarning 
aniqlashtirilgan ko‘rinishi hisoblanadi. 
Huquqiy me’yorlar, bir tomondan, aynan mulkchilik munosabatlarini 
muhofaza qilish zarurati bilan bog‘liq holda vujudga kelsa, boshqa tomondan, ular 
tovar ishlab chiqarish sharoitida mulkchilik munosabatlarini rivojlantirishda g‘oyat 
muhim rol o‘ynaydi. Bu rol shunda ko‘rinadiki, tovar xo‘jaligi sharoitida ayrim 
ijtimoiy qatlamlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashmasdan, ayirboshlash 
munosabatlarida ishtirok etib (masalan, savdo vositachilari) mulkdorga aylanish 
imkoniyati paydo bo‘ladi. Shunday qilib, mulkchilikning huquqiy me’yorlari, 
birinchidan, ishlab chiqarish vositalari va yaratilgan moddiy ne’matlarning 
muayyan shaxslarga (huquqiy yoki jismoniy) tegishli ekanligini, ikkinchidan, mulk 
egalarining qonun bilan qo‘riqlanadigan vakolatlarini va nihoyat, uchinchidan, 
mol-mulkni himoya qilish usullarini belgilab beradi. 
Mulkchilik munosabatlari uning obyektlari va subyektlari bo‘lishini shart 
qilib qo‘yadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin