Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
3.2. Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari 
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar 
majmuasi iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va 
iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi fanida ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lab turkumlashga harakat 
qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimning uchta 
nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va 
bozor iqtisodiyoti tizimlari. 
An’anaviy iqtisodiyot
– deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan tarixiy 
tizimdir. U hozirgi davrda ham ba’zi iqtisodiy jihatdan past rivojlangan 
mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, an’analarga 
asoslangan iqtisodiy jarayonlar orqali amal qiladi. An’anaviy iqtisodiyotda natural 


104 
yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish
ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan urf-
odatlarga asoslanadi. Merosxo‘rlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy roli 
yuqori bo‘lib, asosan ular hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg‘unlik aniq 
ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, 
chunki ular ko‘pincha an’analarga zid keladi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf 
tug‘diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi 
hisoblanadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiyot muammosini hal 
qilishning bir xil va umum tan olingan echimi mavjud emas. Xar xil madaniyat va 
tarixiy o‘tmish, har xil urf-odat va an’analar, qarama-qarshi mafkuraviy 
qarashlarga ega bo‘lgan turli jamiyatlar aniq iqtisodiy muammolarni hal qilish 
uchun turli xil tartiblardan foydalanadi. 
Bozor 
iqtisodiyotiga 
qarama-qarshi 
tizim 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin