Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Korporativ xususiy mulk –
ma'lum maqsad yo‘lida o‘zaro 
birlashgan mulkdorlar 
mablag‘iga asoslangan 
korxonalar tashkil etish orqali 
o‘zlashtiriluvchi vosita va 
nе'matlar
Mulkchilik shakllari 
 
Shaxsiy mulk

fuqarolarning shaxsiy 
yoki oilaviy mеhnat 
orqali shakllangan va 
ularning ehtiyojlarini 
qondirishga qaratilgan 
mulk b
o‘
lib, daromad 
istе'mol buyumlari va 
ishlab chiqarish 
vositalaridan iboratdir. 


110 
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy mezoni
avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning 
umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy 
munosabatlarining etuklik darajasi bilan mos kelishi zarur. 
Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat 
ixtiyorida bo‘lgan mulk obyektlaridan iborat.
Davlat mulki asosan ikki yo‘l 
bilan hosil bo‘ladi: 
1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o‘tkazilishi; 
2) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona 
va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish. 
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki 
umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror 
ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport 
vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin. 
O‘zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika 
mulkidan va ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. 
Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-
mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, budjet mablag‘lari, oltin 
zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati 
mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi 
va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, 
madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo‘ladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin