Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

maqsadi, yo‘llari va usullari 
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va 
raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitni vujudga keltirishdan iborat. 
Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Uzoq yillar mobaynida Sobiq 
Ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar qatori bizning respublikamiz iqtisodiyotida ham 
umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik 
qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki deb hisoblangan mulk 
subyekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o‘rtasida bu mulkka «hech 
kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib 


113 
keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda 
davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning 
ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi. 
Shunga ko‘ra, O‘zbekistonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida qaralib, 
O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish 
to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr, 425-XII-son) quyidagicha ta’rif 
beriladi: 
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini 
xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa 
korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. 
Xususiylashtirish – jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli 
bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat 
aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir
1
.
Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga 
qaraganda ancha keng tushuncha. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin