muhim xususiyati – uni
maxsus dasturlar asosida bosqichma-
bosqich amalga oshirishdan iborat.
Respublikada xususiylashtirishning
manzilli yo‘naltirilganligi uning
navbatdagi xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda
aniqroq va natijaliroq qatnashishi imkonini beradi. Xususiylashtirishning manzilli
yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida,
aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil
dasturlari budjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi
xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O‘zbekistonda xususiylashtirishning
to‘lovliligi uning navbatdagi muhim
xususiyatidir. Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va obyektlarni
xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf
etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi. Bulardan
asosiysi avvalo tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor infratuzilmasini
barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy muhofazalash
dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi. Davlat mol-mulkini
yangi mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ularni mulkchilikning boshqa shakllariga
aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan mablag‘lar shu
korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, yangi raqobatlashuvchi korxonalar barpo
etishga ham sarflanadi.
O‘zbekistonda mulkni davlat tassarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning
birinchi bosqichini (1992-1993 yillar) o‘z ichiga olib, bu bosqichda
xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat
ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash
tizimini qamrab oldi (3.4-rasm).