Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

ikkinchi bosqich
1994-1995 
yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar aksiyadorlik 
jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika qimmatli qog‘ozlar 
bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki aksiyadorlikka aylantirilishi bilan bir 
qatorda kichik xususiy biznes korxonalarini tashkil qilish jadallashtirildi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida 
ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov 
asosida hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas 
mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi. Mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki 
yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini o‘ziga 
jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi 
mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida 
raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash 
lozimki, xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorini 
shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi 
xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalarni 
tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi. 
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishning 
uchinchi bosqichiga
kirdi. Bu bosqich davrida 
(1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan obyektlar ro‘yxatiga kirmagan barcha 
obyekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada 1997 
yilda savdo-sotiq hajmi va umumiy ovqatlanish mahsulotlarining 95 foizdan 
ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy joylarni 
xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq 
kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning shaxsiy 
mulki bo‘lib qoldi. 


118 
Xususiylashtirish jarayonlarining 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin