Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-bob. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI - BOZOR IQTISODIYOTINING



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

4-bob. TOVAR-PUL MUNOSABATLARI - BOZOR IQTISODIYOTINING 
ASOSIDIR
Oldingi 
boblarda 
ishlab 
chiqarishning 
umumiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo‘lgan qonun-qoidalari va 
tushunchalarini, ijtimoiy tizimlar va mulk shakllarining o‘zgarib turishini ko‘rib 
chiqdik. Lekin ayrim iqtisodiy jarayonlar tarixiy tavsifga ega bo‘lsada, uzoq 
davrlar davomida saqlanib qolishi mumkin. Jumladan, insoniyat tarixiy 
taraqqiyotining ko‘pgina bosqichlarida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ayrim 
turlari uzoq vaqt mavjud bo‘ladi. Masalan, ibtidoiy jamoa tuzimi emirilayotgan 
sharoitdayoq vujudga kelgan tovar ayirboshlash bir ishlab chiqarish usulidan 
boshqasiga o‘tib, bir necha ming yillardan beri amal qilib, rivojlanib kelmoqda. 
Shu bilan birga biron-bir ijtimoiy-iqtisodiy hodisa yoki jarayonlarning turli tarixiy 
davr sharoitidagi mazmuni, o‘rni, roli va ijtimoiy oqibatlari ko‘p jihatdan turlicha 
bo‘ladi. Lekin ularning umumiy, eng xususiyatli belgilari saqlanib qoladi. Ana 
shunday tarixiy iqtisodiy jarayonlardan biri tovar-pul munosabatlari bo‘lib, hozirgi 
davrda uning o‘rni va roli yanada oshib dolzarblik kasb etmoqda. Shu sababli 
ushbu bobda ijtimoiy xo‘jalik, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning natural va tovar 
shakllari tahlili, ularning biridan ikkinchisiga o‘tish sabablari, tovar va uning 
xususiyatlari, tovar qiymatining miqdori, uni aniqlashga bo‘lgan turli 
yondashuvlar, pulning vujudga kelishi, mohiyati va vazifalari, O‘zbekiston milliy 
valyutasining muomalaga kiritilishi va uning barqarorligini ta’minlash dasturiy 
harakatlari yoritiladi.
4.1. Natural ishlab chiqarishdan tovar ishlab chiqarishga o‘tish va uning 
rivojlanishi
 
Kishilik jamiyatining rivojlanishida ijtimoiy xo‘jalikni tashkil etishning ikkita 
umumiy iqtisodiy shakli ajralib turadi. Umumiy iqtisodiy shakllarning tarixan 
birinchisi natural ishlab chiqarish hisoblanadi. Ijtimoiy xo‘jalikning bu shaklida 


129 
yaratilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun, 
xo‘jalik ichki ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan. Demak, 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin