124
Shu maqsadda 2018 yildan boshlab
elektron savdo maydonlari orqali davlat
aktivlarini sotish bo‘yicha elektron tizim tashkil etildi
”
1
.
2019 yil 13 avgustdagi «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer
uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonun va Prezidentning Farmoni
e’lon qilindi.
Xususiy mulkka berilgan bunday katta e’tibor iqtisodiyotning turli sohalari va
tarmoqlarining jadal va keng rivojlanishi, yangi ish o‘rinlarining ko‘payishiga
imkon yaratadi.
Bugun
hech kimga sir emaski, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik
faoliyatining amaliyoti xususiy mulkning davlat mulkiga nisbatan har tomonlama
samaradorligini ko‘rsatmoqda.
Chunki xususiy korxonalarda sidqidildan mehnat qilishga undaydigan omillar
va shaxsiy manfaatdorlik
darajasi va eng asosiysi, o‘zining ishlab chiqarish va
moliyaviy faoliyatining yakuniy natijasi uchun mas’uliyat hissi butunlay yuqori
ekanligi hammaga ma’lum.
Xulosalar
1. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti
bir xilda va tekis kechmay, uni
turli bosqichlarga ajratish mumkin. Mazkur bosqichlarni bilishda tarixiy-
formatsion, madaniylashish (sivilizatsiya) darajasi,
texnika va texnologik
taraqqiyot darajasi, iqtisodiy tizimlarning o‘zgarishi kabi jihatlar bo‘yicha
yondashuvlar mavjud.
2. Iqtisodiy tizim har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy
munosabatlar – iqtisodiyotni
tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va
iqtisodiy muassasalar majmuasini o‘z ichiga oladi. Iqtisodiyot nazariyasida
ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish
darajasi bilan bog‘lab, shu asosda dunyodagi mamlakatlar iqtisodiyoti an’anaviy
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so‘zi
gazеtasi, 2017 yil 23 dеkabr.
125
iqtisodiyot, ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor
iqtisodiyoti tizimlariga
ajratiladi.
3.
Mulkchilik munosabatlari – shaxsiy, jamoa va davlat manfaatlarini o‘zida
ifoda etib, ishlab chiqarish omillari va natijalaridan foydalanish borasida kishilar,
jamoalar, tarmoqlar, hududlar va davlat o‘rtasidagi munosabatlar majmuasidir.
4. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni moddiy va ma’naviy
ne’matlarni o‘zlashtirish borasidagi iqtisodiy munosabatlarni o‘zida aks ettiradi.
Agar mulkchilikning iqtisodiy mazmuni u yoki bu obyektni o‘zlashtirish va
foydalanish
borasida
subyektlar
o‘rtasidagi
munosabatlarni
bildirsa,
mulkchilikning huquqiy mazmuni subyektning obyektga nisbatan bo‘lgan
munosabatini aks ettiradi.
5. Mulkni davlat tasarrufdan chiqarish va xususiylashtirish – korxonalar ustav
fondida davlat ulushining qisqarishi, ularning investitsion jozibadorligini oshirish
va xorijiy investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni kengaytirishga
qaratilgan kompleks dasturdan iborat jarayondir.
6. Mulkchilikni takomillashtirishning hozirgi davrdagi xususiyatlaridan biri –
davlat va xususiy mulk sherikchiligini keng joriy qilishdir.
Dostları ilə paylaş: