Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning biror-bir



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Tovar ikki xususiyatga ega: bir tomondan, u kishilarning biror-bir 
narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladigan, ikkinchi tomondan esa, boshqa 
buyumlarga ayirboshlana oladigan, ya’ni oldi-sotdi jarayonidan o‘ta oladigan 
buyumdir.
Boshqacha aytganda, tovar naflilikka (iste’mol qiymatiga) va 
qiymatga egadir.
Buyumning iste’molga yaroqli ekanligi uning kishilar uchun nafli ekanligi, 
muayyan naf keltirishi orqali namoyon bo‘ladi. U shaxsiy iste’mol buyumi yoki 
ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini 
qondiradi. Demak,
 tovarning nafliligi deb uning kishilarning biron-bir narsaga 
bo‘lgan extiyojlaarini qondira olish qobiliyatiga aytiladi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondashuvlar mavjud. Masalan, 
marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar 


136 
nafliligini aniqlashda alohida olingan individning xayolidagi psixologik yondashuv 
bilan, ya’ni hech kim bilan aloqasi bo‘lmagan o‘rmonda yolg‘iz yashaydigan 
cholning yoki kimsasiz orolda bir o‘zi qolib ketgan Robinzonning hayoli bilan 
aniqlash usulini qo‘llaydilar. Holbuki, tovar ayirboshlash jamiyat a’zolari 
o‘rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o‘rtasida real qaynoq hayot jarayonida sodir 
bo‘ladi. Ular naflilikning negizida obyektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik 
tabiat ashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to‘g‘rirog‘i naflilik aniq 
mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o‘zgartirilishi natijasida vujudga 
kelishini o‘ylab ham o‘tirmaydilar. Tovarlar nafliliigini to‘g‘ri tushunishda 
naflilikning ijtimoiyligini tushunish muhim hisoblanadi. Tabiatda mavjud bo‘lgan 
yoki inson mehnati bilan yaratilgan maxsulotning hammasida naflilik mavjud 
bo‘lishi mumkin. Lekin tovar sifatida ishlab chiqarilgan maxsulot faqatgina 
o‘zining emas, boshqalarning extiyojini qondirish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 
Chunki tovar o‘zi uchun emas, boshqalarga sotish uchun ishlab chiqariladi. 
Shuning uchun tovar ayirboshlash (oldi-sotdi) rivojlanishi bilan tovardagi naflilik 
ham ijtimoiy tus oladi, ya’ni u oddiy naflilik tushunchasidan “ijtimoiy naflilik” 
tushunchasiga aylanadi. Albatta, tabiatda mavjud bo‘lgan yoki inson mehnati bilan 
yaratilgan har qanday tovar ham naflilikka ega bo‘lavermaydi. Masalan, sifatsiz, 
keraksiz ishlab chiqarilgan yoki keragidan ortiqcha ishlab chiqarilgan tovarlar 
nafliligi jamiyat uchun, bozor uchun keraksiz bo‘lib, tan olinmaydi. Shuning uchun 
iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va real 
bozor har qanday naflilikni emas, balki ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin