Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

4.2. Tovar va uning xususiyatlari
 
Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning 
xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga ega. Tovarga ta’rif berishda ham 
iqtisodchilar tomonidan turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, E.F.Borisov 
ta’rifiga ko‘ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida 
ayirboshlashga mo‘ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflilikdir»
1

Bundan ko‘rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi va uning 
nafliligiga e’tiborni qaratadi.
V.I.Vidyapin va boshqalar tahriri asosida tayyorlangan darslikda «ne’mat» va 
«tovar» tushunchalariga keng izoh berilgan. Unda tovar iqtisodiy ne’matning 
maxsus shakli bo‘lib hisoblanishi ko‘rsatib berilgan: «Tovar – bu ayirboshlash 
uchun ishlab chiqarilgan maxsus iqtisodiy ne’mat»
2
. Bu va boshqa qator 
olimlarning fikrlari asosida ta’kidlash mumkinki, 
tovar – bu biron-bir naflilikka 
va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsulidir.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida turli mamlakatlarda 
ishlab chiqarilayotgan millionlab turdagi mahsulotlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar 
tovar shaklini olgan. Jumladan, O‘zbekistonda ham ishlab chiqarilayotgan yalpi 
ichki mahsulotning asosiy qismi tovar shaklida oldi-sotdi jarayonidan o‘tadi. 
Mamlakatimizda yaratilgan ko‘plab turdagi tovarlardan ba’zilarini misol keltirish 
mumkin (4.2-jadval). 
1
Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект
2005, с.144. 
2
Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, 
Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, с.143. 


133 
4.2-jadval 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin