Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Naflilik va keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi
1
 nazariyalarining
dastlabki 
g‘oyalari XVIII asr ohirlarida paydo bo‘lib, uning asoschilaridan biri Kondilyak va 
Galiani degan iqtisodchilar edi. Keyinchalik uning nisbatan rivojlantirilgan 
g‘oyalari keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi” degan g‘oya edi. Bu g‘oyaning 
asoschilari avstriya maktabi vakillari K.Menger (1840-1921), F.Vizer (1851-1926), 
E.Bem-Baverk (1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, 
kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va ma’naviy ne’matlar (hamda 
xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi uchun 
emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega bo‘lganligi uchun qadrlanadi. Insonlar 
tomonidan ma’lum nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni 
ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari 
fikrlariga ko‘ra, faqat tovarning nafliligi uning qiymatiga va binobarin, narxiga 
asos bo‘lishi mumkin. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasi bilan 
qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi turli xil iste’mol 
qiymatlarini yoki naflilikni hisobga olish muammosi bilan bog‘liq. Chunki, turli 
ko‘rinishdagi ikkita tovarning nafliligini shunchaki umumiy tarzda o‘zaro 
taqqoslash mumkin emas.
Bu nazariya tarafdorlari naflilikning ikki turini ajratib ko‘rsatish zarur deb 
hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlarning kishilar biron-
bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi 
foydaliligining subyektiv narxini bildiradi. Bu subyektiv narx ikki omilga bog‘liq: 
mazkur ne’matning mavjud zahirasi va unga bo‘lgan ehtiyojning to‘yinganlik 
darajasi. Keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi muammosini o‘rmonda yashovchi 
1
«Kеyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi» atamasini qo‘llashda mualliflar tomonidan ko‘plab mulohazalarga borildi. 
Sababi – bugungi kunda iqtisodiy adabiyotlarda bu atamaning turli variantlari («mе'yoriy naflilik», «mе'yoriy 
foydalilik», «chеgaraviy naflilik», «chеgaraviy foydalilik» va h.k. ) qo‘llanib kеlmoqda. Biroq, bu atamalar lug‘aviy 
tarjima sifatida o‘rinli qo‘llanilgan bo‘lsada, mazkur tushunchaning haqiqiy mazmunini ifodalay olmaydi. «Kеyingi 
qo‘shilgan miqdor nafliligi» atamasi esa bu mazmunga ko‘proq mos tushadi. Bobning bayon etilishini osonlashtirish 
maqsadida kеyingi o‘rinlarda qo‘llaniluvchi «so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligi», «qo‘shilgan miqdor nafliligi», 
«kеyingi qo‘shilgan naflilik» kabi iboralar bir xil ma'no kasb etadi.


143 
chol ega bo‘lgan besh qop don misolida, uning ongida sodir bo‘lgan psixologik 
xayol orqali tasvirlab ko‘rsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib 
boruvchi tartibda joylashadi: birinchi qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-
ovqatga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi, ikkinchisi – 
ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, to‘rtinchisi 
– pivo tayyorlash, beshinchisi – cholning o‘z uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni 
boqib, ko‘ngilxushlik qilishi uchun. Bundan ko‘rinadiki, beshinchi qopning 
nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar bu qopdagi dondan 
mahrum bo‘lsa u faqatgina ko‘ngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. 
Biroq, to‘rtinchi qopdagi donning yo‘q bo‘lishi cholni pivosiz, uchinchisi esa 
parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol 
uchun uning nafliligi eng yuqori darajaga etadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan 
tenglashadi. Shu o‘rinda turli qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, 
ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini aniqlab beradi, degan 
savol tug‘iladi. Holbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yo‘q ekan, chol 
uchun ularning nafliligi beshinchi, so‘nggi qopdagi donning nafliligi orqali 
aniqlanadi. Demak, har bir ne’matning so‘nggi qo‘shilgan birligi, ya’ni uncha 
muhim bo‘lmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining nafliligi kamayib borish 
xususiyatiga egadir.
Agar uzoq davrlar mobaynida tortishuvlar va bo‘linishlarga olib kelgan bu 
ikki yo‘nalishdagi nazariyalarga e’tibor bilan qaralsa, ularning hammasi tovarda 
gavdalangan mehnatning ikki tomonlama tavsifini, undan kelib chiquvchi 
tovarning ikki xil xususiyati (nafliligi va qiymati)ni tushunmaslikdan, uni bilishga 
bir tomonlama yondashuvdan kelib chiqqanligi ma’lum bo‘ladi (4.2-rasm).
Qiymat va narx nazariyasida yangi yo‘nalishni boshlab bergan olim mashhur 
ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda 
mehnat nazariyasi ham, naflilik va qo‘shilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga 
ega emas, deb hisoblagan A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yo‘li 
bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. 


144 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin