145
U qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasining
bir tomonlamaligini tovar
qiymati va bahosini faqat naflilik bilan tushuntirib bo‘lmasligini ko‘ra bildi.
A.Marshall keyingi qo‘shilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif
nazariyasi hamda ishlab chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bog‘lashga harakat
qildi.
A.Marshallning tovar qiymati nima bilan aniqlanishini bilishda qo‘shilgan
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish (umumlashtirish)
zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning
qiymat va narxning bir
negizli (monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinishlari xususan
A.Marshall ishlari bilan bog‘liq. Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona
manbai, narxning yagona asosi va bozor xo‘jaligida
jamiyat daromadlarining
yagona manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan,
ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda
qo‘shilgan miqdor nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa
qiymat va narx ham talab (qo‘shilgan miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab
chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari o‘zaro ta’siri
orqali
aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qo‘shilgan
miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi.
Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot nazariyasida turli
nazariyalarni sintez qilishga o‘tildi. Lekin A.Marshall
ushbu sintezni oxirigacha
yetkaza olmadi.
U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni
ekanligini aniq ko‘ra olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy zaruriy naflilik o‘rniga
qo‘shilgan
naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o‘rniga ishlab chiqarish
xarajatlarini qo‘ydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham to‘liq
hisobga
olinmadi.
Umuman aytganda, uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab bo‘lgan
narsa – tovarda gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu
asosda hosil bo‘ladigan tovarning ikki xil xususiyatiga ega bo‘lishini
inobatga
olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat miqdoriga asosiy
146
e’tiborni qaratgan bo‘lsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar.
Ularning biri ko‘proq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil
qilgan bo‘lsa, ikkinchisi iste’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtai-nazaridan
qaraydilar. Holbuki tovarning qiymatini va binobarin narxini aniqlashda uning ikki
tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati to‘qnashgan tugunga e’tibor
qaratish zarur.
Dostları ilə paylaş: