150
Pulning
nominalistik
nazariyasi tarafdorlari metallistik
nazariyaga qarshi
chiqib, pullarning tovar tabiati hamda ular ichki qiymatini zarurligining o‘zini
inkor etadilar. Nominalistlar pulga shartli belgi sifatida qarab, ularning nodir
metallar bilan aloqadorligini rad qiladilar. Nominalistik
nazariya tarafdorlarining
qarashlari o‘rta asrlarda to‘la qiymatga ega bo‘lmagan metall tangalarning
muomalaga chiqarilishi bilan paydo bo‘ldi. Ba’zi bir namoyandalar pullar – davlat
hokimiyatining mahsuli, shunga ko‘ra faqat davlatgina pullarning qiymatini
belgilashi mumkin, degan fikrlarni ilgari surdilar.
XX asrning boshlarida, oltin
standartning tan olinmasligi,
uning bekor qilinishi bilan, nominalistik nazariya
yanada rivojlandi.
Pulning
miqdoriy
nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori,
tovar narxlari
darajasi hamda pullarning qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni izohlashga
asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar
va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o‘zgarishining dastlabki sababidir,
degan qoidadan iborat.
Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi
Dostları ilə paylaş: