152
boshqa birlari esa uning dekret pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi
orqali belgilaydilar
1
.
Klassiklar ham, miqdoriylik nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar
ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida xususiyati ajratib turishini
tushunmaydilar. Bizning nazarimizda qog‘oz pullar ham alohida tovar bo‘lib,
boshqa barcha tovarlarning qiymatini ifodalaydigan
umumiy ekvivalent sifatida
xizmat qiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida bizning kundalik hayotimizda
deyarli dunyoning hamma mamlakatlarida barcha valyuta ayirboshlash punktlarida
pul savdosi sodir bo‘lib turibdi. Bu hodisa bir kunda
bir marta emas million
martalab sodir bo‘lmoqda. Mana shuning o‘zi qog‘oz pullarning tovar ekanligin
isbotlaydi. Undan tashqari qog‘oz pullar ham boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama
xususiyatga ega:
bir tomondan, umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari
qiymatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni iste’mol qiymatiga ega.
Uning iste’mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida
boshqa istalgan tovarga
almashuvchanligida ifodalanadi. To‘la qimmatli pullardan o‘z qiymatiga ega
bo‘lmagan pul belgilarini qo‘llashga o‘tish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning
rivojlanishi natijasida qog‘oz pul oddiy tovarlarga xos bo‘lgan xususiyatlar –
qiymat va iste’mol qiymatga ega bo‘lmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin
puldagi ikki xususiyatni – qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi.
Qog‘oz pul umumiy ekvivalentlik
vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar
qiymati bevosita qiymatga ega bo‘lgan tovar (oltin)
bilan emas, balki qiymat
belgisiga ega bo‘lgan vakolatli «tovar» bilan o‘lchanadi
2
(4.3-rasm).
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul faqatgina umumiy ekvivalent bo‘lib emas,
balki o‘z egasining qo‘lida foyda, daromad olish vositasi bo‘lib
xizmat qiladi,
o‘zidan-o‘zi o‘suvchi qiymatga, bir so‘z bilan aytganda kapitalga aylanadi. Buning
natijasida qog‘oz pullar ikkita tarkibiy qismga ajraladi: naqd pullar (qog‘oz pul,
1
Qаралсин: Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина,
А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 163-б.; Экономическая теория:
Учебник./ Под ред. А.Г.Грязновой, Т.В.Чечелевой. – М.: Издательство «Экзамен», 2004, 189-191-б.; Курс
экономической теории. Учебное пособие под ред. Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров, изд-во «АСА»,
1995, c. 96.
2
Yusupov R.A. Bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida milliy valyuta barqarorligini ta'minlashning nazariy
asoslari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. T., 2001, 9-11-b.
153
tanga-chaqalar) va kredit pullar (chek, veksel,
sertifikat, to‘lov talabnomalari va
h.k.). Ularning tub xususiyatlari 4.4-rasmda aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: