166
Har qanday bozor iqtisodiyotini
tartibga solish mexanizmi, asosan, to‘rtta
tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi: narx, talab, taklif, raqobat.
Narxlar nisbati o‘zgarib turadi, shuning uchun narx ishlab chiqaruvchi uchun
ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi zarurligini aniqlashda yo‘l ko‘rsatkich bo‘lib
xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o‘zgarishlar o‘z
navbatida, narxlardagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:
- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo‘lishi va unda xususiy
mulkchilikning ustuvorligi;
- tadbirkorlik va
tanlov erkinligi;
- raqobat kurashining mavjudligi;
- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;
- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o‘zgarishlariga
moslashuvchanligi.
Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning
barcha bosqichlari uchun
umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida gap
borganda bu iqtisodiyotning tarixan tarkib topgan ikki turini bir-biridan farq qilish
zarur. Uning birinchi ko‘rinishi
uzoq vaqt davomida shakllanib, g‘arbdagi
rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U
iqtisodiy adabiyotlarda
Dostları ilə paylaş: