Bozor iqtisodiyoti –
bu tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir. Bunday iqtisodiyot erkin tovar-pul munosabatlariga asoslanib,
uning negizida tovar va pulning turli shakllardagi harakati yotadi, u iqtisodiy
monopolizmni inkor etadi. Ayrim adabiyotlarda bozor iqtisodiyoti – bozor xo‘jaligi
subyektlari iqtisodiy xatti-harakatlarining erkin, mustaqil ravishda yuz berishi va
ularning tovar-pul mexanizmi orqali bir-biriga bog‘lanib muvofiqlashuvi deb baho
beriladi. Bozor iqtisodiyotida bozor aloqalari butun tizimni, uning barcha
bosqichlari – ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini
hamda iqtisodiy munosabatlarning barcha subyektlarini qamrab oladi. Shuni ham
e’tiborda tutish kerakki, hozirgi sharoitda o‘rtacha rivojlangan iqtisodiyotda 24
mln.dan ortiq turdagi tovarlar mavjud bo‘lib, har yili ularning 1/10 qismi
yangilanib turadi. Bunday sharoitda bozorning ishtirokisiz tovar turlari va hajmi
bo‘yicha talab va taklifni tartibga solishni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Bu esa
bozorning vazifasini hech qanday markazlashtirilgan rejalashtirish idoralari
muvaffaqiyatli bajara olmasligining yaqqol dalilidir. Bozor iqtisodiyoti esa eng
samarali va muammolarni tezlik bilan hal eta oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy tizim
hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti subyektlari tarkibiga tadbirkorlar ham, o‘z mehnatini
sotuvchi ishchilar ham, pirovard iste’molchilar, ssuda kapitali egalari va qimmatli
qog‘ozlar egalari ham kiradi. Odatda, bozor xo‘jaligining barcha asosiy subyektlari
uchta guruhga bo‘linadi: uy xo‘jaliklari, korxonalar (tadbirkorlik sektori) va davlat.
165
Uy xo‘jaliklari –
iqtisodiyotning iste’mol sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi