Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Bozor subyekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Bozor subyekti – ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. 
Bozor 
subyektlari ikki guruhga – sotuvchi va xaridorlarga bo‘linib, ular bozor 
munosabatlarining turli vazifalarini bajaradi. Sotuvchilar bozorga tovar va 
xizmatlarni taklif etadi, xaridorlar esa ularga talab bildiradi. Bozor o‘z subyektlari 
manfaatini bir-biriga bog‘lab, ularni muvofiqlashtiradi. Ayrim turdagi bozorlarda 
sotuvchi va xaridorlar o‘rtasida bevosita aloqa mavjud bo‘lsa, boshqalarida 
bilvosita aloqa mavjud bo‘lib, ular hech qachon bir-birini ko‘rmaydi yoki 
bilmaydi.
Bozorning asosiy vazifasi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan 
tovar va xizmatlarni, iqtisodiy resurslarni iste’molchilarga yetkazib berishdan 


177 
iboratdir.
Bu yerda bozor ishlab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bog‘laydi, 
ishlab chiqarilgan tovar yoki xizmat o‘z iste’molchisini topadi. Bunda bozor 
vositachi bo‘lib xizmat qiladi. Bozorda qiymat shakllari almashadi. U qiymatni 
tovar shaklidan pul shakliga aylantiradi. Individual mehnat sarflari sifatida chiqqan 
tovarlar bozor tomonidan tan olinsa, ijtimoiy mehnat sarfini namoyon qiladi va 
tovarning bozor qiymati hosil bo‘ladi. 
Bozor ayirboshlash kategoriyasi bo‘lib, ishlab chiqarishning uzluksiz 
takrorlanib turishiga yordam beradi.
Ishlab chiqarish, yangidan boshlanishi 
uchun yaratilgan tovarlar sotilishi va ularning pulga aylanishi, puldan esa kerakli 
iqtisodiy resurslar xarid qilinishi zarur. Bozor vositasida tovarni sotishdan tushgan 
mablag‘lar hisobiga, ishlab chiqaruvchilar resurslar sotib olish yo‘li bilan 
sarflangan ishlab chiqarish vositalari o‘rnini qoplaydigan va ishlab chiqarishni 
kengaytirish uchun kerakli moddiy va mehnat resurslariga ega bo‘ladilar. Bozor 
orqali resurslarning erkin harakati ta’minlanadi va ularning tarmoqlar o‘rtasida 
taqsimlanishi ro‘y beradi. Iste’molchilar bozorda u yoki bu tovarga bo‘lgan talabini 
bildiradi.
Bozor bu talabni ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilarga 
uzatadi. Resurslar talab bildirgan tarmoqlar va sohalar o‘rtasida taqsimlanib turadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin