174
mamlakatlar tajribasida ham qo‘llaniladigan ilmiy-amaliy tushunchadir. Eng
avvalo
«bozor»
va
«bozor iqtisodiyoti»
tushunchalarining bir-biridan farqlanishini
ta’kidlab o‘tishimiz lozim. Chunki, ko‘pincha bu ikki tushunchani bir xil ma’noda
ifodalash, ba’zi adabiyotlarda sinonim so‘zlar sifatida qo‘llash
yoki ularni
chalkashtirish hollari uchraydi. Bozor jamiyatda bozor iqtisodiyoti shakllangunga
qadar mehnat taqsimotining ro‘y berishi natijasida vujudga kelgan bo‘lib, u
ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ayirboshlash jarayonini o‘z ichiga oladi. Bozor
iqtisodiyoti esa bozor munosabatlarining tarixan uzoq davr mobaynida rivojlanishi
natijasi bo‘lib, tovar-pul qonunlari asosida tashkil etiluvchi va faoliyat ko‘rsatuvchi
iqtisodiy tizimni anglatadi.
Bozor iqtisodiyoti takror ishlab chiqarishning barcha fazalarini: ishlab
chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarini qamrab oladi. Bozor
esa faqat bitta fazani, ya’ni ayirboshlash fazasini o‘z ichiga oladi. Bozor
tushunchasi yuzaki qaraganda oddiy tushunchaga o‘xshab ko‘rinadi,
ayrimlar
bozorni tovarlar sotiladigan va xarid qilinadigan joy deb o‘ylashadi. Lekin uning
ichki mazmuniga e’tibor berilsa, u ko‘p qirrali bo‘lib, mazmuni o‘zgaruvchan
ekanligini, turli davrlarda turli ma’noni anglatishini bilib olish mumkin. Bozor
tushunchasi tovar ayirboshlashning kelib chiqishi va rivojlanishi bilan bog‘liq
bo‘lib, u ibtidoiy jamoa tuzumining oxirlarida kelib chiqqan va dastlab tovar
almashuv, tovar ayirboshlash joyi yoki maydoni degan mazmunni anglatgan.
Dastlab, bozor ikki yoki bir necha qabila a’zolari bir-birlari bilan tovar almashuv
joyi sifatida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, hunarmandchilikning rivojlanishi,
shaharlarning paydo bo‘lishi bilan alohida maydonlar ajratilib, unda kishilar oldi-
sotdi qilganlar. Lekin hali u davrlarda tovar ayirboshlash T – T ko‘rinishida, ya’ni
bir turdagi tovarga boshqa turdagi tovarni ayirboshlash shaklida bo‘lgan. Bunday
ayirboshlashda vaqt va masofa bo‘lmay, bir vaqtning o‘zida o‘sha joyda almashuv
jarayoni sodir bo‘lgan. Keyinchalik tovarlarni bunday
tarzda ayirboshlashning
ziddiyatlari kuchayib borishi natijasida pul kelib chiqib, sotish va sotib olish
jarayoni ikkiga ajralgan va T – P – T ko‘rinishini olgan. Endi tovarni sotish (T – P)
va sotib olish (P – T) zamon va makon jihatidan mos kelmasligi mumkin. Chunki
175
sotuvchi o‘z tovarini bir joyda pulga ayirboshlab, o‘ziga kerakli tovarni boshqa
vaqt va boshqa joyda sotib olishi mumkin. Pulning kelib chiqishi bilan savdogarlar,
ya’ni tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib iste’molchiga, bir joydan ikkinchi joyga
olib borib sotish bilan shug‘ullanadigan maxsus guruhlar paydo bo‘ldi.
Mehnat taqsimoti chuqurlashib savdo sohasi vujudga keldi. Bu soha tovar-pul
harakatini
tezlashtirish imkonini berib, iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchini
bog‘laydigan vositaga aylandi. Bunda ishlab chiqaruvchi bilan iste’molchi ham
bir-birlari bilan uchrashishi shart bo‘lmay, ular savdogarlar-vositachilar orqali
aloqa qilishlari mumkin bo‘lib qoldi. Endi bozor tushunchasining mazmuni
o‘zgarib, yangi ma’no kasb etadi, ya’ni tovar-pul
muomalasining yangi shakli
sifatida namoyon bo‘la boshladi. Oldi-sotdi jarayonida yangi o‘ziga xos muhim
tovar – ishchi kuchining paydo bo‘lishi bilan bozor umumiy tus olib, uning
mazmuni yanada kengaydi. Endilikda ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlargina
emas, balki ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi
ham bozor jarayoni orqali
o‘tib, ishlab chiqarishga jalb etila boradigan, ularning bir-biriga o‘zaro ta’siri
to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki bilvosita – bozor orqali sodir bo‘la boshladi.
Shunday qilib, hozirgi davrda bozor ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning
ko‘p qirrali murakkab aloqalarini, ularning o‘zaro bir-birlariga bo‘lgan ta’sirini
bog‘laydigan bo‘g‘in, jamiyat taraqqiyotida modda almashuvini ta’minlaydigan
jarayon sifatida shakllandi.
Dostları ilə paylaş: