178
5.3-rasm. Bozorning vazifalari
Bozor turli xil vazifalarni bajarsa-da, ular o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo
qiladi. Bozorning iqtisodiy mazmunini chuqurroq tushunish uchun uning turlari va
ichki tuzilishini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
5.4. Bozorning turlari va tuzilishi
Hozirgi davrda bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi
murakkab bo‘lganligi sababli uni turkumlashga quyidagi
mezonlar asos qilib
olinadi: bozorning etuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi,
bozor
subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va
boshqalar.
Bozorning
etuklik darajasiga qarab
rivojlanmagan bozor, erkin (klassik)
bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo‘linadi.
Rivojlanmagan,
shakllanayotgan bozor tasodifiy tavsifga ega bo‘lib, unda tovarni tovarga
ayirboshlash (barter) usuli ko‘proq qo‘llaniladi.
Bozorning bu turi tarixan hali
haqiqiy pul mavjud bo‘lmagan davrga to‘g‘ri keladi.
Lekin hozirgi davrda ham
ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo‘qotgan, bozor
iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ham bozorning bunday turi amal qilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: