179
o‘rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanuvchi bozordir.
Erkin
bozorda
raqobatning turli usullari qo‘llanilib, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin
tabaqalanishi ro‘y beradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni
ta’minlash va aholini ijtimoiy himoyalash maqsadida bozor aloqalarining
davlat tomonidan tartibga solib turilishiga asoslanadi.
Demak,
davlat ham
bozor ishtirokchisi bo‘lib, u bozor aloqalarini tartiblashtiradi va boshqaradi.
Hozirgi zamon rivojlangan bozorida
turli xil birjalar
va boshqa oldi-sotdi
jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar taraqqiy etgan bo‘ladi. Raqobatning asoratli
kurashlari, aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari o‘rtasidagi
tafovutlar me’yor darajasida ushlab turiladi.
Bozor
hududiy jihatdan
ham turlicha bo‘lishi mumkin. Bular mahalliy
bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-
York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar (O‘zbekiston bozori,
Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va
boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy
Osiyo yoki Osiyo bozori, G‘arbiy
Yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori.
Dostları ilə paylaş: