181
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, uy xo‘jaliklari va davlat
iqtisodiy resurslarga
egalik qilib, ularni resurslar bozoriga yetkazib beradi. Korxonalar resurslarga talab
bildiradi. Korxonalarning resurslarni sotib olishga sarflagan pul mablag‘lari
resurslarni yetkazib beruvchilarning daromadlari (ish haqi, renta, foiz va foyda)
oqimini tashkil qiladi.
Uy xo‘jaliklari resurslarni sotishdan olinadigan pul daromadlarini sarflash
jarayonida ko‘plab tovar va xizmatlarga o‘zlarining talabini bildiradi.
Bir vaqtda
korxonalar aynan shu bozorda tovar va xizmatlarni taklif qiladi. Tovar va
xizmatlarga iste’mol sarflari oqimi korxonalarning
pul tushumi yoki daromadini
tashkil qiladi.
Iqtisodiy resurslar bozorining tarkibiy qismini ishchi kuchi bozori tashkil
qiladi. Ishchi kuchi bozorida o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan
iqtisodiy
resursning oldi-sotdi bitimi amalga oshiriladi. Bu bozorda biznes tomonidan ishchi
kuchiga bo‘lgan talab, uy xo‘jaliklari tomonidan bildirilgan ishchi kuchi taklifi
bilan to‘qnash keladi.
Shunday ekan, ishchi kuchi bozorida iqtisodiy
subyektlarning ikki turi – tadbirkorlar va yollanma ishchilar harakat qiladi. Ishchi
kuchi insonning mehnat qilish qobiliyati
sifatida tovarga aylanadi, bu qobiliyat
bozor orqali uning egasidan ajratib olinishini bildirmaydi.
Ishchi kuchi bozorida
insonning o‘zi emas, uning mehnat qilish qobiliyati ma’lum muddatga sotiladi.
Moliya bozori turli-tuman va ko‘p jihatli bo‘lsa ham oldi-sotdi obyekti bitta,
ya’ni pul (pulga tenglashtirilgan qog‘ozlar) hisoblanadi. Ortiqcha mablag‘larga ega
bo‘lgan xo‘jalik subyektlari o‘z moliyaviy resurslarini ularga ehtiyoj sezgan
subyektlarga taklif qiladi.
Moliya bozorini moliyaviy bitimlarning
harakatiga qarab turkumlash
mumkin. Bunda moliya bozori ikkiga ajraladi: qarz majburiyatlari bozori va kapital
(mulk) bozori.
Dostları ilə paylaş: