Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Bozor subyekti
– ayirboshlash munosabatlari qatnashchisi. 
Uy xo‘jaliklari
– iqtisodiyotning asosan iste’mol sohasida faoliyat 
ko‘rsatuvchi bozorga ishchi kuchi yetkazib beruvchi asosiy tarkibiy birlik.


189 
Tadbirkorlik sektori
– iqtisodiyotning turli sohalarida daromad (foyda) olish 
maqsadida faoliyat ko‘rsatuvchi birlamchi bo‘g‘ini.
Davlat sektori
– o‘z oldiga foyda olishni maqsad qilib qo‘ymagan, asosan 
iqtisodiyotni tartibga solish vazifasini amalga oshiradigan turli budjet tashkilotlari 
va muassasalari majmui. 
Bank
– iqtisodiyotning me’yorda amal qilishi uchun zarur bo‘lgan pul 
massasi harakatini tartibga soluvchi moliya-kredit muassasasi. 
Ssuda kapitali bozori
– pul shaklidagi kapitalning foiz to‘lash sharti bilan 
qarzga berish bo‘yicha oldi-sotdi munosabati.
Qimmatli qog‘ozlar bozori
– turli ko‘rinishdagi qimmatli qog‘ozlar (aksiya, 
obligatsiya, veksel, chek, depozit kabilar)ning oldi-sotdi munosabati.
Bozor infratuzilmasi
– bu bozor aloqalarini o‘rnatish va ularning bir 
maromda amal qilishiga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar tizimidir.
Birja
– namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam 
savdo-sotiq ishlarini o‘tkazuvchi tijorat muassasasi.
Tovar birjasi
– oldindan belgilangan qoidalar asosida ulgurji savdoni tashkil 
etish shakli.
Fond birjasi
– qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiy jihatdan 
tashkil etilgan va muntazam amal qiluvchi bozor shakli.
Valyuta birjasi
– milliy valyutalar kurslari bo‘yicha ularning erkin oldi-
sotdisi amalga oshiriladigan, rasmiy jihatdan tashkil etilgan bozori shakli. 
Mehnat birjasi
– ishchilar va tadbirkorlar o‘rtasidagi ishchi kuchining oldi-
sotdi bitimini tuzishda vositachilikni amalga oshiruvchi va ishsizlarni ro‘yxatga 
oluvchi muassasa. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin